“O‘rgimchak odam: Yangi kun” ilk haftadayoq rekord daromadga chiqdi

1 daqiqa o'qish154
“O‘rgimchak odam: Yangi kun” ilk haftadayoq rekord daromadga chiqdi
QisqachaAI yordamida tayyorlanganKo‘rsatish
  • Marvel studiyasining "O'rgimchak odam: Yangi kun" filmi prokatning ilk haftasidayoq rekord natija qayd etib, 2026 yilning eng daromadli kinopremerasiga aylandi.
  • Reuters agentligi tarqatgan ma'lumotga ko'ra, mazkur kartina AQSH va Kanada kinoteatrlarida 355 million dollar, xalqaro prokatda esa 572 million dollar ishlab topdi.
  • Tom Xolland ishtirokidagi ushbu yangi film Gollivud tarixidagi eng muvaffaqiyatli ikkinchi debyut sifatida qayd etildi.

Marvel studiyasining kutilgan loyihalaridan biri bo‘lgan “O‘rgimchak odam: Yangi kun” filmi prokatning ilk haftasidayoq rekord natija qayd etib, 2026 yilning eng daromadli kinopremyerasiga aylandi. Bu haqda Reuters agentligi xabar berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, film AQSH va Kanada kinoteatrlarida namoyishning birinchi haftasida 355 million dollar miqdorida daromad to‘pladi. Xalqaro prokatda esa kartina yana 572 million dollar ishlab, jahon bo‘ylab ulkan moliyaviy muvaffaqiyatga erishdi. Ushbu summaning 121 million dollari Xitoy bozori hissasiga to‘g‘ri keladi.

Shu tariqa, film koronavirus pandemiyasidan keyin Shimoliy Amerika kino bozorida qayd etilgan eng yuqori start natijalaridan birini namoyish qildi. Mutaxassislar fikricha, bunday ko‘rsatkich tomoshabinlarning superqahramonlar haqidagi filmlarga qiziqishi hanuz yuqori ekanini yana bir bor tasdiqladi.

O‘rgimchak-odam va MJ tungi shahar manzarasi fonida bir-biriga qarab turibdi.

Yakuniy natijalarga ko‘ra, “O‘rgimchak odam: Yangi kun” Gollivud tarixidagi eng muvaffaqiyatli ikkinchi debyut sifatida qayd etildi. Hozircha birinchi o‘rinni 2019 yilda ekranlarga chiqqan “Qasoskorlar: Final” egallab turibdi. Tom Xolland ishtirokidagi yangi film ushbu rekorddan atigi ikki million dollar kam daromad to‘plagan.

Reuters ta’kidlashicha, so‘nggi yillarda superqahramonlar haqidagi filmlarga qiziqish ma’lum darajada pasaygan bo‘lsa-da, Marvel olamining eng mashhur qahramonlaridan biri bo‘lgan O‘rgimchak odam tomoshabinlar uchun o‘z jozibasini yo‘qotmagan.

“O‘rgimchak odam: Yangi kun” Tom Xollandning 2016 yildan buyon mazkur qahramon obrazini gavdalantirgan uchinchi mustaqil filmi hisoblanadi. Yangi kartinaning asosiy g‘oyasi qahramonning yolg‘izlik hissi, ichki kechinmalari va odamlar bilan yaqin munosabat o‘rnatishga intilishiga bag‘ishlangan bo‘lib, aynan shu jihat tanqidchilar hamda tomoshabinlar tomonidan iliq kutib olindi. Film nafaqat moliyaviy jihatdan, balki mazmuni va hissiy ta’siri bilan ham yuqori baholanmoqda.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?