date

Rashid Xoliqov sevgi hikoyasini oshkor qildi (video)

Rashid Xoliqov sevgi hikoyasini oshkor qildi (video)

Xonanda Rashid Xoliqov “Eslaymiz” dasturidagi suhbat davomida turmush o‘rtog‘i bilan qanday tanishgani haqida samimiy va hazilomuz tarzda so‘zlab berdi.

Boshlovchining “Turmush o‘rtog‘ingiz bilan qanday tanishgansiz?” degan savoliga xonanda kulib javob qaytardi. Uning aytishicha, u rafiqasi Saida bilan 1992 yilda opalarining to‘yida tanishgan. “Biz xizmatga borganmiz. Bir payt qarasam, chiroyli qiz kirib keldi. Shu qiz bilan tanishsam, deganman. O‘sha paytlarda telefon, telegram yo‘q edi. Qog‘ozga ismimni, telefon raqamimni yozib, ‘qo‘ng‘iroq qiling’ deb Jamol aka orqali berib yuborganman”, — deydi u.

Xonandaning aytishicha, Saida bir jinni qilay deb qo‘ng‘iroq qilgan, ammo bu oddiy qo‘ng‘iroq ularning taqdirini bog‘lab qo‘ygan. “Shunaqayam jinni qildiki, mana bugun to‘rt nafar nabirali bo‘lib o‘tiribmiz. Ikki yil uchrashib yurdik va 1994 yilda to‘yimiz bo‘ldi. Mana oradan 31 yil o'tibdi, haligacha bir-birimiz jinni qilib yuribmiz”, — deya kulib esladi san’atkor.

Mazkur suhbat ijtimoiy tarmoqlarda katta qiziqish uyg‘otdi. Ko‘plab muxlislar xonandaning oilaviy hayotiga havas bildirib, samimiy va iliq izohlar qoldirishmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Madaniyat » Rashid Xoliqov sevgi hikoyasini oshkor qildi (video)