Rashid Xoliqov uchinchi o‘g‘lini uylantirmoqda

Rashid Xoliqov uchinchi o‘g‘lini uylantirmoqda

Taniqli xonanda Rashid Xoliqov xonadonida bugun quvonchli va unutilmas kun. San’atkorning uchinchi o‘g‘li Temurning nikoh tantanalariga tayyorgarlik boshlandi.

31 avgust kuni oila davrasida yoshlarning fotiha to‘yi bo‘lib o‘tdi. Quvonchli marosimda yaqinlar va qarindoshlar jam bo‘lib, kelin-kuyovga ezgu tilaklar bildirishdi.

Rashid Xoliqov uchun bu kunning ahamiyati alohida. San’atkorning uchinchi o‘g‘li ham o‘z hayotida yangi bosqichni boshlamoqda.

To‘y munosabati bilan yoshlarga mustahkam oila, baxtli hayot, o‘zaro mehr-oqibat va kelgusi kunlarda ulkan zafarlar tilab qolamiz.

Temur va uning bo‘lajak rafiqasiga yangi hayot yo‘lida omad hamda oilaviy xotirjamlik yor bo‘lsin!

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar