Xonanda Rashid Xoliqovning uchinchi o‘g‘li Temur kimga uylanmoqda? (video)

Xonanda Rashid Xoliqovning uchinchi o‘g‘li Temur kimga uylanmoqda? (video)

Taniqli xonanda Rashid Xoliqov xonadonida quvonchli va unutilmas kunlardan biri bo‘lib o‘tdi. San’atkorning uchinchi o‘g‘li Temurning nikoh to‘yiga tayyorgarlik boshlandi.

31 avgust kuni oila davrasida Temur va Sevaraning fotiha marosimi bo‘lib o‘tdi. Tantanada ikki oilaning yaqinlari va qarindoshlari jam bo‘lib, yoshlarga ezgu tilaklar bildirishdi.

Temur va Sevaraning fotiha marosimidan lavhalarni Sevara ham o‘zining Instagram sahifasida e’lon qildi. Marosimda kelin tomonga yuboriladigan fotixa qutilari ustida «T&S» yozuvlari aks etganini ham ko‘rish mumkin.

Nikoh marosimidagi yosh kelin-kuyovning quvonchli lahzalari tasvirlangan.

Fotiha marosimi chiroyli va ko‘tarinki ruhda o‘tkazilgani ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videolarda aks etdi. Ko‘plab kuzatuvchilar izohlarda yoshlarga baxt-saodat va uzoq umr tilagan.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar