Rashid Xoliqovning xonadonida to‘y tantanasi (video)

Rashid Xoliqovning xonadonida to‘y tantanasi (video)

Taniqli xonanda Rashid Xoliqov xonadonida quvonchli va unutilmas kun. San’atkorning uchinchi o‘g‘li Temur Sevara bilan qonuniy nikohdan o‘tdi.

Nikoh marosimi Rashid Xoliqovning xonadonida o‘tkazilgan. Ijtimoiy tarmoqlarda ushbu quvonchli kundan turli videolar tarqalmoqda.

Videolarda Temur va Sevaraning nikoh uzuklarini bir-biriga taqayotgani, yaqinlari davrasida yosh oilaning «Xoliqovlar oilasi»ga qo‘shilgani e’lon qilingani aks etgan. Shuningdek, marosim davomida yoshlar va ularning yaqinlari xursandchilik qilib, raqsga tushgani ko‘rinadi.

Quvonchli kunda yosh juftlikning oila a’zolari, yaqinlari va do‘stlari ham ularning baxtiga sherik bo‘lgan. Ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari esa izohlarda Temur va Sevaraga baxt, totuvlik va uzoq umr tilamoqda.

Izohlar 0

…

Mavzuga oid yangiliklar