Rashid Xoliqovning uchinchi o‘g‘li Temurning to‘yidan ilk videolar

Bugun, 7 oktyabr kuni xonanda Rashid Xoliqovning xonadonida to‘y. San’atkorning uchinchi o‘g‘li Temur Sevara bilan turmush qurmoqda.
Ijtimoiy tarmoqlarda to‘y oldidan kelin-kuyovning tayyorgarlik jarayonlari aks etgan videolar tarqaldi. Unda Rashid Xoliqov o‘g‘li Temurga oq fotiha berib, duo qilgani, shuningdek, kelinni olib ketish uchun Sevaraning xonadoniga borgani aks etgan.
Videoda Sevara oq to‘y libosida Temurni kutib olgani, shuningdek, kelin-kuyovning turli fotosessiyalardan olingan lavhalari ham o‘rin olgan.
Ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari videoga izoh qoldirib, yosh kelin-kuyovga iliq tilaklarini bildirmoqda va ularga baxt-saodat tilamoqda.






























Izohlar 0
…