Rashid Xoliqovning uchinchi o‘g‘li Temurning kuyovnavkar marosimidan lavhalar tarqaldi

Xonanda Rashid Xoliqov xonadonida to‘y shukuhi. San’atkorning uchinchi o‘g‘li Temur uylanmoqda.
2 oktyabr kuni Temur va Sevara qonuniy nikohdan o‘tgani haqida xabar berilgan edi. Kuni kecha esa ijtimoiy tarmoqlarda yoshlarning to‘y marosimidan lavhalar tarqaldi.
Ularda Temurning o‘rtoqlari bilan kuyov navkar bo‘lib kelinning xonadoniga borgani aks etgan. O‘zbek to‘ylarida qadimdan davom etib kelayotgan an’analardan biri — kuyovning to‘n kiyishi ham marosim davomida namoyon bo‘lgan.
Tarqalgan videolarda kuyov navkar marosimi ko‘tarinki kayfiyatda va chiroyli tarzda o‘tgani ko‘rinadi. Biroq hozircha to‘yxonadagi asosiy kechki bazmdan videolar ijtimoiy tarmoqlarda paydo bo‘lmadi.
Ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari esa yosh kelin-kuyovga o‘zlarining samimiy tilaklarini bildirib, ularga baxt va oilaviy totuvlik tilamoqda.






























Izohlar 0
…