Gulchehra Jamilova “Oltin globus” mukofotiga sazovor bo‘lgan ilk o‘zbek aktrisasiga aylandi!

Gulchehra Jamilova “Oltin globus” mukofotiga sazovor bo‘lgan ilk o‘zbek aktrisasiga aylandi!

O‘zbekiston xalq artisti, taniqli aktrisa Gulchehra Jamilova xalqaro miqyosda e’tirof etildi. U Toshkentda ilk bor o‘tkazilgan “Golden Globes Silk Road Tribute Gala” marosimida “Oltin globus” mukofoti sovrindori bo‘ldi.

Ijtimoiy tarmoqlarda aktrisaning ushbu e’tirofga sazovor bo‘lganiga oid videolar tarqaldi. Xabarlarga ko‘ra, uning yaqinlari, hamkasblari va muxlislari izohlarda samimiy tabriklar yo‘llab, san’atkorning ko‘p yillik ijodiy faoliyatini e’tirof etmoqda.

Gulchehra Jamilova o‘zbek teatr va kino san’atining taniqli vakillaridan biri bo‘lib, uning ijodiy faoliyati olti o‘n yildan ortiq vaqtni qamrab oladi. Aktrisa, ayniqsa, Abdulla Qodiriyning “O‘tkan kunlar” asari asosida suratga olingan filmda gavdalantirgan Kumush obrazi orqali tomoshabinlar mehrini qozongan. U 1992 yilda “O‘zbekiston xalq artisti” unvoniga sazovor bo‘lgan.

Mazkur e’tirof o‘zbek san’ati namoyandalarining xalqaro miqyosda tanilishiga yana bir misol bo‘ldi.

Izohlar 0

…

Mavzuga oid yangiliklar