O‘zbekiston benzin importini keskin oshirdi

O‘zbekiston benzin importini keskin oshirdi
Audio versiyasi

2026 yilning yanvar—aprel oylarida O‘zbekistonga import qilingan benzin hajmi 2025 yilning mos davriga nisbatan ikki baravarga ko‘paydi. Bu haqda Bojxona qo‘mitasi ma’lumot berdi.

To‘rt oy davomida mamlakatga jami 327,1 million dollar qiymatidagi 568,7 ming tonna benzin kirib kelgan. Bunda bir tonna benzinning o‘rtacha narxi 575 dollardan to‘g‘ri kelgan. Taqqoslash uchun, 2025 yilning shu davrida 163,6 million dollarlik 280,7 ming tonna benzin import qilingan.

Statistika qo‘mitasi tahliliga ko‘ra, mamlakatda benzin ishlab chiqarish hajmi ham o‘sishda davom etmoqda. Xususan, yanvar—aprel oylarida 417,5 ming tonna benzin ishlab chiqarilgan bo‘lib, bu o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 27,5 ming tonnaga (7 foiz) ko‘pdir.

Ma’lumot uchun, 2025 yil sentyabridan boshlab O‘zbekistonda Ai-80 markali benzin ishlab chiqarish hamda birja savdolari orqali sotish to‘xtatilgan. “O‘zbekneftgaz” bosqichma-bosqich yuqori oktanli (Ai-92) benzin ishlab chiqarishga o‘tayotganini ma’lum qilgan.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Aziza Shukhratova
«ZAMIN.UZ» muharriri

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar