date
views 2 297

Qurbon hayiti namozining o‘qilish vaqtlari e’lon qilindi

Qurbon hayiti namozining o‘qilish vaqtlari e’lon qilindi
O‘zbekistondagi jome masjidlarda 2025 yil 6 iyun, juma kuni Qurbon hayiti namozi o‘qiladi. O‘zbekiston Musulmonlari idorasi Qurbon hayiti namozining o‘qilish vaqtlarini e’lon qildi.

Unga ko‘ra, Toshkent shahridagi jome masjidlarda ertalab soat 05:10 da Qurbon hayiti namozi o‘qiladi.

Respublikaning boshqa hududlarida esa Qurbon hayiti namozi jome masjidlarda quyidagi vaqtlarda ado etiladi:

- Andijon 05:00
- Namangan 05:00
- Farg‘ona 05:00
- Toshkent shahri 05:10
- Toshkent viloyati 05:10
- Sirdaryo 05:20
- Jizzax 05:20
- Samarqand 05:20
- Surxondaryo 05:25
- Qashqadaryo 05:25
- Navoiy 05:30
- Buxoro 05:30
- Xorazm 05:45
- Qoraqalpog‘iston Respublikasi 05:50

Ushbu jadvalda ko‘rsatilgan vaqtlar quyosh chiqqanidan keyin 15-20 daqiqalik farqni inobatga olib belgilandi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Qurbon hayiti namozining o‘qilish vaqtlari e’lon qilindi