Toshkentdan Buxoroga samolyotda kelin bo‘lib borgan qizning to‘yi muhokamalarga sabab bo‘ldi (video)
1 daqiqa o'qish6

Toshkentdan Buxoroga kelin bo‘lib borgan qiz o‘zining g‘ayrioddiy to‘yi bilan ijtimoiy tarmoqlarda muhokamalarga sabab bo‘ldi. Kelin-kuyov manzilga odatiy to‘y kortejida emas, balki samolyotda yetib borishni tanlagan.
Qizig‘i, ular maxsus charter reysida emas, balki oddiy yo‘lovchilar bilan bir reysda parvoz qilishgan. Samolyot Buxoro aeroportiga qo‘ngach, kelin tushayotib, o‘zbekona urf-odatga muvofiq yo‘lovchilarga «kelin salom» qilgan.
Kutilmagan bu holat samolyotdagi yo‘lovchilar uchun ham o‘ziga xos taassurot qoldirgan. Voqea aks etgan video ijtimoiy tarmoqlarda tez tarqalib, foydalanuvchilarning qiziqishiga sabab bo‘ldi.
Obuna bilan reklama bo'lmaydi
Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm
Mavzuga oid yangiliklar
































Izohlar0
…