date

Amirsoy va Chimyonga yo‘l ochildi: 20 ta mikroavtobus yo‘nalishda harakatni boshladi

Amirsoy va Chimyonga yo‘l ochildi: 20 ta mikroavtobus yo‘nalishda harakatni boshladi

Toshkent viloyatining tog‘li hududlarida transport infratuzilmasini yaxshilash va turizmni rivojlantirish maqsadida muhim qadam qo‘yildi. Endilikda “Chinorkent–Yusufxona–Chimyon–Amirsoy” yo‘nalishida zamonaviy mikroavtobuslar qatnaydi. Bu nafaqat mahalliy aholi, balki sayyohlar uchun ham katta qulaylik yaratadi.

Loyiha doirasida xavfsizlikni ta’minlash uchun sinov qatnovlari amalga oshirildi va yo‘l sharoitiga mos keluvchi “Ford” rusumli mikroavtobuslar tanlandi. Jami 20 ta transport vositasi xarid qilindi va mamlakatimizga olib kelindi.

Bu mikroavtobuslar Chinorkent, Chimyon va Amirsoy kabi mashhur sayyohlik hududlariga qatnaydi. Shu bilan birga, ular tog‘li hududlarda yashovchi aholiga ham jamoat transporti sifatida xizmat ko‘rsatadi.

Mazkur tashabbus turizm infratuzilmasini rivojlantirish, ekoturizm salohiyatini oshirish va aholi uchun qulay, xavfsiz transport tizimini yo‘lga qo‘yishga qaratilgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » O‘zbekiston » Amirsoy va Chimyonga yo‘l ochildi: 20 ta mikroavtobus yo‘nalishda harakatni boshladi