1 martda bahor keladimi yo qishligicha qoladimi?

Mart oyining ilk kunida O‘zbekiston bo‘ylab ob-havo turlicha tus oladi. Ayrim hududlarda haqiqiy bahor nafasi seziladi, boshqa joylarda esa shamol va salqinlik hali o‘z ta’sirini saqlab qoladi. Sinoptiklar 1 mart uchun hududlar kesimida prognozni e’lon qildi.
Toshkent shahri
Poytaxtda havo o‘zgaruvchan bo‘ladi. Kunduzi 20–23 daraja iliq, kechasi 8–11 daraja. Yog‘ingarchilik kutilmaydi, ammo kechqurun bulutlar ko‘payishi mumkin. Shamol 6–11 m/s, ayrim payt 13–15 m/s gacha kuchayishi ehtimoli bor.
Toshkent viloyati
Kunduzi 19–22 daraja, kechasi 7–10 daraja. Ayrim tumanlarda qisqa muddatli yomg‘ir ehtimoli bor. Tuman tushishi mumkin.
Samarqand, Jizzax, Sirdaryo
Bu hududlarda kunduzi 18–22 daraja iliq, kechasi 6–9 daraja. Asosan quruq va quyoshli ob-havo saqlanadi. Shamol 7–12 m/s gacha.
Buxoro va Navoiy
Kunduzi 17–21 daraja, kechasi 5–8 daraja. Ayrim joylarda shamol 10–15 m/s gacha kuchayishi mumkin. Cho‘l hududlarida chang-to‘zon ehtimoli bor.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi
Havo nisbatan salqinroq. Kunduzi 10–15 daraja iliq, kechasi 1–5 daraja. Ayrim hududlarda yomg‘ir, ba’zi joylarda qor aralash yog‘ishi mumkin. Shamol 9–14 m/s.
Xorazm viloyati
Kunduzi 12–16 daraja, kechasi 3–7 daraja. Bulutli ob-havo saqlanadi. Yomg‘ir ehtimoli bor.
Qashqadaryo va Surxondaryo
Janubda bahor kayfiyati aniqroq seziladi. Kunduzi 23–27 daraja, kechasi 9–13 daraja. Asosan quruq va quyoshli.
Andijon, Namangan, Farg‘ona
Farg‘ona vodiysida kunduzi 19–23 daraja iliq, kechasi 7–11 daraja. Yog‘ingarchilik kutilmaydi, ayrim joylarda tuman tushishi mumkin.
Tog‘oldi va tog‘li hududlar
Bu yerda yomg‘ir va qor aralash yog‘ishi mumkin. Kunduzi 8–14 daraja, kechasi 0–5 daraja. Qor ko‘chishi xavfi saqlanadi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!