O‘zbekistondan xorijga $10 minggacha deklaratsiya talab etilmaydi

O‘zbekistondan naqd xorijiy valyutani olib chiqish tartibi o‘zgarishi kutilmoqda. Yangi tartibga ko‘ra, jismoniy shaxslar $10 minggacha bo‘lgan naqd mablag‘ni deklaratsiya to‘ldirmasdan olib chiqishi mumkin bo‘ladi. Belgilangan miqdordan oshgan summa uchun esa bojxona deklaratsiyasini to‘ldirish talab etiladi.
Bu o‘zgarish Prezidentning 28 avgustdagi farmonida nazarda tutilgan. Yangi tartibni joriy etish uchun 2027 yil dekabriga qadar tegishli qonun loyihasi ishlab chiqiladi.
Hozirgi tartibga ko‘ra, O‘zbekistonga naqd pul olib kirish yoki mamlakatdan olib chiqishda mablag‘ miqdori 100 million so‘m ekvivalentidan oshsa, yo‘lovchi bojxona deklaratsiyasini to‘ldirishi kerak.
Bundan avval deklaratsiya to‘ldirish uchun belgilangan chegara 70 million so‘m edi. Yangi tartib kuchga kirsa, naqd xorijiy valyutani olib chiqishda chegara dollarda belgilanadi va $10 minggacha bo‘lgan mablag‘ uchun deklaratsiya talab qilinmaydi.































Izohlar 0
…