O'zbekistonda 7–9 aprelgacha: to'glarda sel xavfi kuchayadi

O'zbekistonda kelasi uch kun davomida sel xavfi kuchayishi ehtimoli haqida ogohlantirildi. "O'zgidromet" ma'lumotlariga ko'ra, 7—9 aprel kunlari respublikaning to'goldi va tog'li hududlarida yomg'irlar oqimi ortishi oqibatida sel va suv toshqini yuzaga kelishi mumkin.
Xavfli hududlar quyidagilar:
- Qashqadaryo viloyati: Yakkabog', Dehqonobod, Chiroqchi, Kitob, Shahri Sabz, Qamashi, G'uzor tumanlari.
- Surxondaryo viloyati: Sariosiyo, Uzun, Oltinsoy, Denov, Boysun, Sherobod, Shurchi, Qumqurg'on, Muzrobot tumanlari.
- Samarkand viloyati: Urgut, Samarkand, Bulung'ur, Nurobod, Qo'shrobot, Kattakur'gon, Payarig', Jomboy, Ishtixon tumanlari.
- Navoi viloyati: Xatirchi, Navbahor, Nurota, Konimeh, Karmana tumanlari.
- Jizzax viloyati: Zomin, Baxmal, G'allarorol, Sharof Rashidov, Forish, Yangiobod tumanlari.
- Toshkent viloyati: Ohangaron, Bostanliq, Parkent, Piskent, Orta Chirchiq, Yuqori Chirchiq tumanlari hamda Angren va Olmaliq shaharlarida.
- Namangan viloyati: Pop, Kosonsoy, Chortoq, Chust, Namangan, Yangiqur'gon tumanlari.
- Farg'ona viloyati: So'x, Shohimgardon, Farg'ona, Beshariq tumanlari.
- Andijon viloyati: Andijon, Asaka, Jalakuduq, Qo'rg'ontepa, Paxtobod, Izboskan, Xo'jaobod, Marhamat tumanlari va Xonobod shahrida.
"Tog'oldi va tog'li hududlarda istiqomat qiluvchi aholi, dam olayotganlar va tog'larda harakatlanayotgan haydovchilardan ehtiyotkorlik choralarini ko'rishlarini so'raymiz", deyiladi rasmiy bayonotda.
Shuningdek, respublika bo'yicha yomg'ir suvlarining to'planishi ehtimoli bor, bu esa ba'zi hududlarda suv bosishiga olib kelishi mumkin.
5 aprel kuni Qoraqalpog'iston Respublikasining Beruniy tumanida sel sodir bo'lgan. Kuchli yomg'irchilik oqibatida baland tepalikdan Sulton-UVaysiy ziyoratgohiga suv oqib tushib, sel hosil qilgan. Shu kuni Jizzax viloyati G'allarorol tumanidagi tog' va adirliklarda kuzatilgan kuchli yomg'ir ham sel xavfsiz oqib o'tgan.
Mutaxassislar aholini va sayyohlarni ehtiyotkorlikka chaqirmoqda, suv oqimlaridan uzoq yurish va xavfli hududlarga bormaslikni tavsiya qilmoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!