O‘zbekistonda olti kunlik sel xavfi e’lon qilindi

O‘zbekiston1 daqiqa o'qish164
O‘zbekistonda olti kunlik sel xavfi e’lon qilindi
QisqachaAI yordamida tayyorlanganKo‘rsatish
  • O'zgidromet bergan ma'lumotga ko'ra, 28 iyundan 3 iyulga qadar kutilayotgan yomg'irlar sababli respublikaning tog' oldi va tog'li hududlarida sel hamda suv toshqini xavfi e'lon qilindi.
  • Xavfli hududlar qatoriga Qashqadaryo, Surxondaryo, Samarqand, Navoiy, Jizzax, Toshkent, Namangan, Farg'ona va Andijon viloyatlarining qator tuman hamda shaharlari kiritildi.

O‘zgidromet 28 iyundan 3 iyulga qadar kutilayotgan yomg‘irlar sabab O‘zbekistonning tog‘ oldi va tog‘li hududlarida sel va suv toshqini xavfi borligidan ogohlantirdi.

Qashqadaryo viloyatida Yakkabog‘, Dehqonobod, Chiroqchi, Kitob, Shahrisabz, Qamashi va G‘uzor tumanlari xavfli hududlar qatoriga kiritilgan.

Surxondaryo viloyatida Sariosiyo, Uzun, Oltinsoy, Denov, Boysun, Sherobod, Sho‘rchi, Qumqo‘rg‘on va Muzrabot tumanlarida sel-suv toshqini hodisalari yuzaga kelishi mumkin.

Samarqand viloyatida Urgut, Samarqand, Bulung‘ur, Nurobod, Qo‘shrabot, Kattaqo‘rg‘on, Payariq, Jomboy va Ishtixon tumanlari bo‘yicha ogohlantirish berilgan.

Navoiy viloyatida Xatirchi, Navbahor, Nurota, Konimex va Karmana tumanlarida ehtiyotkorlik choralarini ko‘rish so‘ralgan.

Jizzax viloyatida Zomin, Baxmal, G‘allaorol, Sharof Rashidov, Forish va Yangiobod tumanlarida sel kelishi xavfi mavjud.

Toshkent viloyatida Ohangaron, Bo‘stonliq, Parkent, Piskent, O‘rta Chirchiq va Yuqori Chirchiq tumanlari, shuningdek, Angren va Olmaliq shaharlarida kuchli yomg‘irlar oqibatida suv toshqini kuzatilishi mumkin.

Namangan viloyatida Pop, Kosonsoy, Chortoq, Chust, Namangan va Yangiqo‘rg‘on tumanlari xavfli hududlar sifatida ko‘rsatilgan.

Farg‘ona viloyatida So‘x, Shohimardon, Farg‘ona va Beshariq tumanlarida, Andijon viloyatida esa Andijon, Asaka, Jalolquduq, Qo‘rg‘ontepa, Paxtaobod, Izboskan, Xo‘jaobod va Marhamat tumanlari hamda Xonobod shahrida sel-suv toshqini hodisalari ehtimoli bor.

Tog‘ oldi va tog‘li hududlarda yashovchi aholi, dam oluvchilar va ushbu yo‘nalishlarda harakatlanayotgan haydovchilardan ehtiyotkorlik choralarini ko‘rish so‘raldi.

Shuningdek, respublika ayrim hududlarida yomg‘ir suvlari to‘planib, ko‘chalar va pastqam joylarni suv bosishi mumkin.

Keyingi yangilik

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?