date

Toshkent metrosida endi yo‘l haqi masofaga qarab belgilanadi

Toshkent metrosida endi yo‘l haqi masofaga qarab belgilanadi

Toshkent metropolitenida to‘lov tizimini o‘zgartirish rejalashtirilmoqda. Unga ko‘ra, metroda qatnov uchun amaldagi yagona tarifdan voz kechilishi mumkin.

Yangi tartibda yo‘l haqi yo‘lovchi bosib o‘tgan masofa yoki stansiyalar soniga qarab hisoblanishi ko‘zda tutilmoqda. Bu tizim orqali qatnov narxi yo‘nalish uzunligiga bog‘liq bo‘lishi mumkin.

Shuningdek, yo‘lovchilar uchun kunlik, haftalik va oylik abonementlarni joriy etish masalasi ham ko‘rib chiqilmoqda. Bunday abonementlar muntazam metrodan foydalanadigan fuqarolar uchun qulaylik yaratishi kutilmoqda.

Yangi to‘lov tizimini 2027 yil 1 yanvardan boshlab ishga tushirish rejalashtirilgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » O‘zbekiston » Toshkent metrosida endi yo‘l haqi masofaga qarab belgilanadi