O‘zbekistonda kimlar eng ko‘p maosh oladi va o‘rtacha daromad qancha?

O‘zbekistonda o‘rtacha oylik ish haqi 7,1 mln so‘mni tashkil etdi. Hisobot davrida nominal ish haqi 18,4 foizga, inflyatsiya ta’siri hisobga olingan real ish haqi esa 10,9 foizga oshgan.
Eng yuqori o‘rtacha ish haqi moliya sohasida — 19,1 mln so‘mni tashkil etgan. Keyingi o‘rinlarda aloqa sohasi bo‘lib, bu yo‘nalishda o‘rtacha ish haqi 17,4 mln so‘mga teng.
Eng past ko‘rsatkich esa qishloq xo‘jaligi va ijtimoiy xizmatlar sohasida qayd etilgan. Xususan, qishloq xo‘jaligida o‘rtacha ish haqi 3,5 mln so‘m, ijtimoiy xizmatlarda esa 4,7 mln so‘mni tashkil qilgan.
Agar o‘rtacha ish haqi 22 ish kuni va kuniga 8 soatlik ish rejimi asosida hisoblab chiqilsa, bir kunlik daromad taxminan 322,7 ming so‘m, bir soatlik daromad 40,3 ming so‘mga to‘g‘ri keladi.
Shuningdek, hisob-kitoblarga ko‘ra, o‘rtacha ish haqi har daqiqaga 672 so‘m, har soniyaga esa qariyb 11,2 so‘mdan to‘g‘ri keladi.































Izohlar 0
…