22:26 / 20.09.2018
4 760

Rasman: Toshkentdagi kameralar 7 turdagi huquqbuzarlikni qayd etmoqda

Rasman: Toshkentdagi kameralar 7 turdagi huquqbuzarlikni qayd etmoqda
Toshkent shahri koʻchalarida kuzatuv kameralari ishga tushganiga bir yarim yildan ortiq vaqt oʻtdi. Bugunga kelib, kuzatuv kameralari aniqlayotgan qoidabuzarliklar soni 7 taga yetgan deb maʼlum qiladi Kun nashri.

Ular:

1. Transport vositalari haydovchilarining svetoforning taqiqlovchi signaliga yoki yoʻl harakatini tartibga soluvchining taqiqlovchi ishorasiga boʻysunmasdan oʻtishi (128-4-modda 1-qism). Jarima miqdori - 368 600 soʻm;

2. Avtotransport vositalarining haydovchilari tomonidan belgilangan harakatlanish tezligining oshirish. (128-3-modda 1-3-qism ). Jarima miqdori - 1 dan 10 EKIHga teng;

3. Haydovchilarning transport vositalarini boshqarish va yoʻlovchilar tashishda xavfsizlik kamaridan foydalanish qoidalariga rioya qilmaslik (125-modda, 1-qism). Jarima miqdori - 36 860 soʻm - 0,2 EKIH;

4. Transport vositasini boshqarish vaqtida haydovchilarning telefondan foydalanishi (128-1-modda 1-qism). Jarima miqdori 368 600 soʻm - 2 EKIH;

5. Transport vositalari haydovchilarining toʻxtash yoki toʻxtab turish qoidalarini buzishi (128-6-modda 1-qism). Jarima miqdori- 552 900 ming soʻm - 3 ta EKIH;

6. Transport vositalari haydovchilarining yoʻlning qarama-qarshi harakatlanish uchun moʻljallangan tomoniga yoki boʻlagiga yoʻl harakati qoidalarini buzgan holda chiqishi, xuddi shuningdek avariya holati yuzaga kelishiga sabab boʻlgan, yaʼni yoʻl harakatining boshqa qatnashchilarini tezlikni, harakat yoʻnalishini keskin oʻzgartirishga yoki oʻz xavfsizligini yoxud boshqa fuqarolarning xavfsizligini taʼminlash uchun oʻzga choralarni koʻrishga majbur qiluvchi huquqbuzarlikni sodir etishi (128-5-modda 2-qism). Jarima miqdori 1 722 400 soʻmni tashkil etadi - 10 EKIH;

7. Haydovchilarning transport vositalarini piyodalar yoʻlkalaridan yurgizishi, yoʻl belgilari yoki yoʻlning qatnov qismidagi chiziqlar bilan belgilab qoʻyilgan talablarga rioya etmasligi (128-modda 1-qism). Jarima miqdori - 86,120 soʻm - 0,5 EKIH.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Rasman: Toshkentdagi kameralar 7 turdagi huquqbuzarlikni qayd etmoqda