AQSHda ko‘cha poygasida qatnashgan o‘zbekistonliklarga qanday ayblov qo‘yildi?

AQSHda ko‘cha poygasida qatnashgan o‘zbekistonliklarga qanday ayblov qo‘yildi?
Audio versiyasi

AQSHning Ogayo shtati Sinsinnati shahrida o‘tkazilgan maxsus reyd davomida 6 nafar o‘zbekistonlik qo‘lga olindi. Ular ko‘cha poygalari va xavfli avtomanyovrlarda ishtirok etganlikda gumon qilinmoqda.

Ma’lum qilinishicha, voqea Paycor Stadium atrofidagi avtoturargohda sodir bo‘lgan. Guvohlar ayrim haydovchilar avtomobillarda «donat» va «burnaut» kabi xavfli harakatlarni amalga oshirganini bildirgan.

Stadion xavfsizlik xizmati politsiyaga Audi, BMW, Mustang va Challenger rusumli avtomobillar shubhali harakatlanayotgani haqida xabar bergan. Shundan so‘ng politsiya hududni dron orqali kuzatib, chiqish yo‘llarini nazoratga olgan.

Natijada A.Valiyev, M.Esenova, M.Zaburova, B.Hamidullayev, D.Nurmatov va T.Nurmatov qo‘lga olingan. Ularga xususiy hududga noqonuniy kirish aybi qo‘yilgan.

Shuningdek, Temur Nurmatovga ko‘cha poygasini tashkil qilganlik bo‘yicha qo‘shimcha ayb ham e’lon qilingan. Sudda gumonlanuvchilar ayblovlarni rad etgan. Har biri uchun 2,5 ming dollar miqdorida garov puli belgilangan.

Mahalliy ommaviy axborot vositalari ma’lumotiga ko‘ra, gumonlanuvchilar hozircha hibsda saqlanmoqda.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Nigina Zarqarayeva
«ZAMIN.UZ» muharriri

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar