Sifatsiz 8,4 mln litr yonilg‘i sotuvga chiqmasdan to‘xtatildi

O‘zenergoinspeksiya nazorat-kimyo laboratoriyasi tomonidan neft mahsulotlari sifatini nazorat qilish bo‘yicha muntazam reydlar o‘tkazib kelinmoqda. Nazoratlar sifatsiz mahsulotlarning oldini olishga qaratilgan.
2025-yil davomida o‘tkazilgan tekshiruvlarda 613 ta ob’ekt bo‘yicha 1 773 ta tahlil olingan. Shundan 210 ta ob’ektning 331 ta holatida jami 8 485 881 litr neft mahsuloti sifat talablarga javob bermagani aniqlangan.
Mazkur mahsulotlarning sotuvga chiqarilishi oldi olingan. Bunday holatlar bo‘yicha mahsulot sifatini tiklash ko‘rsatmalari berilib, ijrosi ustidan nazorat o‘rnatilgan.





























Izohlar 0
…