Superligada 10-tur ostonamizda. Faqat bu safar doimgidek 7 ta emas, balki 6 ta o‘yin guvohiga aylanamiz. “Olimpik” – “Navbahor” uchrashuvi Timur Kapadze boshchiligidagi olimpiya terma jamoamizning yig‘ini sababli boshqa kunga ko‘chirildi. O‘zPFL saytida ushbu bahs 5 iyulga yozib qo‘yilgan.
6 ta juftlikka to‘xtalsak, bari g‘alabaga tashna bo‘lib turishibdi. Futbol mutaxassislaridan biri Shuhrat Rahmonqulov jamoalarning imkoniyatini quyidagicha baholadi.
22 may (yakshanba)
“Neftchi” – “Metallurg”
- “Neftchi”dagilar qiyin vaziyatdan chiqib ketishga harakat qilishyapti. Har bir o‘yin nomiga o‘tmayapti. Ancha qiziqarli tus olmoqda. Bunisi birinchi o‘rin, unisi oxirgi o‘rinda, degan tushunchalar yo‘q. Har bir uchrashuv murosasiz o‘tyapti. “Metallurg” o‘tgan safar “Dinamo”ni oxirgi daqiqalarda mag‘lubiyatga uchratdi. Albata, g‘alaba ikkala jamoaga ham kerak. Menimcha, bu yerda “Neftchi” favorit bo‘lsa kerak. Namanganda durang o‘ynab keldi. O‘ylashimcha, futbolchilarning ruhiyati ham ko‘tarildi. Ilhom Mo‘minjonov ham o‘yinchilarni qo‘ldan kelganicha tayyorlayapti. Jarohat olgan futbolchilari safga qaytgan bo‘lsa, jamoa uchun ham foydali bo‘lardi. Foiz bo‘yicha oladigan bo‘lsak, 60x40 “Neftchi” foydasiga.
23 may (dushanba)
“Lokomotiv” – “Paxtakor”
- “Lokomotiv” klubi o‘tgan turda “Olimpik”ni 3:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi. Ruhiyat tomonidan ham qaraydigan bo‘lsak, “Lokomotiv”da hammasi joyida. “Paxtakor”da rahbariyat o‘zgardi, balki bu ham o‘z ta’sirini ko‘rsatishi mumkin. “Paxtakor”ga ham g‘alaba kerak. Nazarimda, ikkala jamoani ham imkoniyati teng.
“Qizilqum” – “Surxon”
- “Qizilqum” ko‘tarinki ruhda boshlagandi. Bu o‘yinda tajriba bo‘yicha baribir “Qizilqum” favorit. “Surxon”ga to‘xtalsak, yangi tuzilgan klub. Oxirgi paytlardagi o‘yinlari tufayli yomon taassuot qoldirgani yo‘q. Ularga vaqt kerak. O‘ylashimcha, bu bellashuvda “Qizilqum” o‘z so‘zini aytadi. “Surxon”da ham jangovar jamoa bo‘lsa-da, “Qizilqum”ning g‘alaba qozonish imkoniyati 60x40.
“Dinamo” – AGMK
- AGMK boshida chempionatni oqsab boshladi. “Dinamo”da o‘zgarish bo‘ldi va bosh murabbiy almashibdi. AGMK jamoasiga bu o‘yinda qiyin bo‘lishi aniq. Samarqandliklar o‘z uyida muxlislari oldida yomon o‘yin ko‘rsatayotgani yo‘q. Murabbiylar nima uchun o‘zgartirilgani bo‘yicha xabarimiz yo‘q. Menimcha, AGMK har tomonlama kuchli, shu sababli mehmonlar yutishsa kerak. Lekin olmaliqliklarga qiyin bo‘lishi aniq.
24 may (seshanba)
“Bunyodkor” – “Nasaf”
- Bir-biriga mos klublar. Jamoalarning yoshlarini ham bir xil desa bo‘ladi. Chiroyli o‘yin bo‘ladi. “Nasaf” futbolchilari “Bunyodkor” o‘yinchilariga qaraganda tajribaliroq. “Nasaf”dagi yigitlar “pishib” qolgan. Ular Osiyo Chempionlar ligasini ko‘rib, uning havosini olishdi. Nazarimda, “Nasaf” ushbu to‘qnashuvda favorit va yutsa kerak. “Bunyodkor” ham qarab turmaydi, kurashadi. Futbolda hamma narsa bo‘lishi mumkin. Biroq “Nasaf”ning imkoniyatini yuqoriroq ko‘ryapman.
“So‘g‘diyona” – “Qo‘qon-1912”
- “So‘g‘diyona” kurashuvchan jamoa. “Qo‘qon-1912”da ham tajribali o‘yinchilar ko‘p. O‘tgan turda “Paxtakor” bilan 1:1 hisobida durang o‘ynashdi. Qo‘qonliklarning qayerdadir o‘yini chiqyapti, yana qayerdadir o‘yini chiqmayapti. Agar ular o‘z o‘yinini ko‘rsatadigan bo‘lsa, Jizzaxdan bemalol g‘alaba bilan qaytishlari ham mumkin. “So‘g‘diyona” ko‘proq standartlarga e’tibor qaratadi. Menimcha, ushbu bahsda durang bo‘lsa kerak. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Rossiya armiyasi Kupyanskka kirgani aytilmoqda
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar