15:38 / 10.03.2023
684

Serik Sapiyev o‘zbek bokschilarining Qozog‘istondan ustun jihati haqida gapirdi

Serik Sapiyev o‘zbek bokschilarining Qozog‘istondan ustun jihati haqida gapirdi

Boks bo‘yicha Olimpiada chempioni Serik Sapiyev o‘zbek bokschilari haqidagi fikrlarini bildirdi.

- Bir necha safardan beri Osiyo chempionatida ketma-ket O‘zbekiston umumjamoa hisobida birinchi bo‘lib kelmoqda. Bu yerda muammo nimada?

- O‘zbek boks maktabi Osiyoda eng kuchlilaridan biridir, ular doimo biz bilan raqobat qilishadi. Ular yaxshigina qo‘shishdi. Muvaffaqiyatli ishtirok etishmoqda. Juda mehnatsevar. Qozog‘istonlik bokschilarga o‘zbeklar kabi mehnatsevarlik yetishmayapti. Biz texnik va taktik tomonlama ulardan kuchlimiz. O‘zbekistonlik bokschilar ko‘proq ishlashadi, ular ko‘p zarbaga ega va bu ularga muvaffaqiyat keltirmoqda.

Olimpiya o‘yinlaridagi muvaffaqiyat sabab ularda hozir boks kuchaymoqda. Shuningdek hakamlar ham O‘zbekiston bokschilariga yon bosishi seziladi. Bu ko‘rinib turadi", - dedi Sapiyev.


arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Serik Sapiyev o‘zbek bokschilarining Qozog‘istondan ustun jihati haqida gapirdi