Yengil vazn(70.3 kg) toifasida Bellator chempioni Usmon Nurmagomedov (17-0) Islom Maxachev (21-1) va Charlz Oliveyra (27-9) o‘rtasidagi bo‘lajak revansh jangi haqidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
“Menimcha, xuddi birinchi jangdagidek bo‘ladi. Balki Oliveyra xatolarini tuzatgandir, axir bu hamma narsa sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan jang. Lekin men Islom qanchalik mashaqqatli mashq qilganini, uning qanchalik aqlli jangchi ekanligini, “stoyka”da, kurashda naqadar zo‘r ekanligini bilganim uchun, Oliveyra unga hech qanday muammo tug‘dira olmaydi, deb o‘ylayman”, - dedi Nurmagomedov.
Eslatib o‘tamiz, Maxachev va Oliveyra o‘rtasidagi ikkinchi jang 21 oktyabr kuni Abu-Dabida “UFC 294” doirasida bo‘lib o‘tadi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar