Kecha Chempionlar Ligasi umumiy bosqichining 7-tur oʻyinlari boʻlib oʻtdi. Darvozabonning xatolari «Barsa»ga qimmatga tushishi mumkin edi, ammo «Benfika» darvozaboni ham undan qolishmadi va mavsumning eng kulgili golini oʻtkazib yubordi. «Liverpul» yoʻqotishsiz ketmoqda.
Lissabonda toʻqqiz gol
Benfika — Barselona 4:5
Gollar: Pavlidis (2, 22, 30 penalti), Arauxo (68, avtogol) — Levandovski (13 penalti, 78 penalti), Rafinya (64), Garsiya (87), Rafinya (90+6).
Benfika – Trubin, Fernandes, Otamendi, Antoniu Silva, Tomash Arauju, Koʻkchu (Rolheyser, 80), Florentinu, Eursnes (Barreyro, 61), Skellerup (Di Mariya, 71), Pavlidis (Amduni, 80), Akturkoʻgʻli (Ba, 71).
Barselona – Shesni, Balde (Ferran Torres, 74), Kubarsi, Arauxo, Kunde (Garsiya, 74), Pedri, Kasado (de Yong, 62), Rafinya, Gavi (Lopes, 62), Yamal (Martin, 90+2), Levandovski.
Ogohlantirishlar: Gavi (36), Kunde (66), Fernandes (76), de Yong (90+4), Lopes (90+9).
Chetlatish: Artur (90+8).
«Barselona»ning «Da Luj»ga oldingi tashrifi (0:3) koʻk-anorranglilar jamoasi uchun dahshatli tush boʻlib qolgandi. «Benfika» futbolchilari esa kuchli starti bilan oʻsha oʻyinni yana bir bor yodga solib yubordi. «Burgutlar» 2-daqiqadayoq hisobni ochishdi, Pavlidis Karrerasning qanotdan uzatmasini golga aylantirdi.
Ammo Hansi Flik jamoasi tezda oʻzini qoʻlga oldi va Levandovski Balde ishlagan penaltidan hisobni tenglashtirdi.
Polshalik toʻpurar EChLda 18-marta 11 metrlik jarima zarbasidan gol urib, bu borada Messi bilan tenglashib oldi.
Faqat mehmonlarni hisobda oldinga olib chiqish uchun qulay imkoniyatga ega boʻlgan Gavi darvozabonni aldab oʻta olmadi, birozdan keyin keraksiz vaziyatda jarima maydonini tashlab chiqqan Shchensni Balde bilan toʻqnashib ketdi, toʻpga ega chiqqan Pavlidis esa uni boʻsh darvozaga yumalatib yubordi.
Turning markaziy oʻyinida «Barsa» darvozaboni qiliq koʻrsatishda davom etdi va bir necha daqiqa oʻtib penaltiga sababchi boʻldi. Pavlidis navbatdagi sovgʻani mamnuniyat bilan qabul qilib, 30-daqiqada het-trikni nishonladi. Bungacha EChL doirasidagi oʻyinlarda Faustino Asprilya, Andrey Shevchenko va Mbappe ham kataloniyaliklar darvozasiga bir oʻyinda uchta gol urishgandi, ammo ularning hech biri bunga bu qadar qisqa muddatda erishmagan.
Ikkinchi boʻlimda esa Trubin ham Shchensnidan qolishmaslikka harakat qilib, turnirning joriy mavsumidagi eng kulgili golni oʻtkazib yubordi. «Benfika» posboni toʻpni uzoqlashtirishga urinib, jarima maydoni tashqarisida turgan Rafinyaning boshini moʻljalladi va toʻp qaytib darvoza toʻriga borib tushdi. Ammo bu hali hammasi emasdi. Bir necha daqiqa oʻtib Arauxo Pavlidisni pokersiz qoldirdi va toʻpni oʻzi darvozaga kiritib yubordi. Yamal esa mehmonlar uchun ikkinchi penaltini ishladi va Levandovski bu safar ham bexato zarba berib, 19-penalti bilan Krishtianu Ronalduning rekordini takrorlab, oʻyinga intrigani qaytardi. 87-daqiqada Pedrining Erik Garsiyaga uzatmasi bilan hisob tenglashdi.
The cross from Pedri ?
— UEFA Champions League (@ChampionsLeague) January 22, 2025
Jones ? Salah
That Ferran Torres pass ?
Barseghyan's through ball ?#UCLassists | @Lays_football pic.twitter.com/jwegFL1wvd
Shuning oʻzi ham futbol uchun haqiqiy bayram edi, ammo hisob 4:4 koʻrinishiga kelganidan keyin ham hech kim toʻxtashni istamadi.
Szczęsny one-on-one ?
— UEFA Champions League (@ChampionsLeague) January 21, 2025
Majecki in inspired form ?
Trubin stretches high ?
Best save❓@QatarAirways | #LetsFly pic.twitter.com/mEIbt30XuQ
Avvaliga Shchensni Di Mariya bilan duelda ustun kelib, aybini yuvdi, qoʻshimcha daqiqalarda esa Rafinya qarshi hujumda yuzaga kelgan imkoniyatdan ajoyib foydalandi. U oʻz odatiga koʻra shoshilmadi va avvaliga finti bilan himoyachini yoʻldan olib, keyin aniq zarba berdi. Hansi Flik jamoasi Portugaliya poytaxtida jar yoqasidan qaytdi va raqibning oʻzini jarga uloqtirdi. Bu gʻalaba amalda 1/8 final yoʻllanmasini kafolatladi. Soʻnggi turda «Atalanta»ga qarshi kechadigan oʻyinda magʻlubiyat ham jamoa uchun etarli boʻlishi mumkin.
Raphinha's incredible late winner ?
— UEFA Champions League (@ChampionsLeague) January 21, 2025
Flamingo's thunderous volley ?@Heineken | #UCLGOTD
Rekordning qulashi
Atalanta — Shturm 5:0
Gollar: Retegi (12), Pashalich (58), de Ketelare (63), Lukman (90), Breshianini (90+5).
Atalanta – Karnezekki, Kolashinas (Jisshiti, 71), Xin, Toloy, Samarjich (Breshianini, 64), Zappakosta, de Ron (Ederson, 64), Pashalich, Palestra (Kuadrado, 46), Retegi (Lukman, 46), de Ketelare.
Shturm – Sxerpen, Lavale, Vyutrix, Ayvu, Malich, Gorens-Stankovich, Kiteyshvili (Grgich, 90), Chukvuani (Hirlender, 78), Yalkuye (Zvonarek, 69), Beving (Xorvat, 70), Kamara (Jatta, 46).
Ogohlantirish: Samarjich (36).
EChLning joriy yildagi ilk ikki oʻyinidan birida «Shturm» kutilganidek «Atalanta» hujum chizigʻiga qarshi hech narsa qila olmadi. Italiyaliklar tanaffusdan keyin toʻrtta gol urishdi, shundan ikkitasini — oxirgi daqiqalarda. Ademola Lukman va Sharl De Ketelare «gol+pas» boʻyicha 2 tadan (1+1) ochko ishlashdi. Ularning ikkinchisi etti tur davomida allaqachon toʻqqiz ball (4+5) toʻplab boʻlgan va belgiyalik futbolchilar orasida De Bryuynega tegishli boʻlib turgan turnir rekordini yangilagan.
«Atalanta» oʻyinning 61 foiz vaqtida toʻpga egalik qilib, 25 zarba yoʻlladi (toʻqqiztasi — darvoza sohasiga toʻgʻri bordi), 12 bor burchak zarbasi ijro etdi hamda kutilgan gol boʻyicha 5,49 Xg koʻrsatkichini qayd etdi. «Shturm» pley-offga chiqish imkoniyatini butkul yoʻqotdi, «Atalanta» esa hamon top-8 uchun kurashda qolmoqda.
Monako — Aston Villa 1:0
Gol: Singo (8).
Monako – Mayeski, Mavissa Elebi, Kerer, Singo, Vanderson, Zakariyo (Teze, 79), Kamara (Magassa, 65), Ben-Segir (Golovin, 66), Minamino (Mishal, 78), Akliush, Embolo.
Aston Villa – Martines, Din (Matsen, 67), Mingz, Konsa, Kesh, Tilemans, Kamara, Buendia (Bogarde, 86), Rojers (Remzi, 86), Beyli (Duran, 57), Uotkins.
Ogohlantirishlar: Din (49), Rojers (82), Kamara (90+2).
«Monako» esa bu mavsumda oʻz maydonida yaxshi oʻynamoqda — Chempionlar ligasidagi toʻrt uy uchrashuvidan uchtasida gʻalaba. «Aston Villa»ni magʻlub etish uchun birgina standart vaziyat etarli boʻldi. Mehmonlar darvozaboni Emiliano Martines bir markaziy himoyachining (Tilo Kerera) zarbasini qaytardi, ammo ikkinchisi (Uilfrid Singo) qaytgan toʻpni darvozaga kiritib yuborishiga hech kim xalaqit qilolmadi. Qolgan vaqt davomida ikki jamoada ham gol urishga imkoniyatlar boʻldi, ammo hisob oʻzgarmay qoldi.
Monegaskliklar toʻplangan ochkolar soni boʻyicha Unai Emeri jamoasi bilan tenglashib oldi va top-8 uchun imkoniyatlarini yaxshiladi. Keyingi chorshanbada «Inter»ga qarshi kechadigan uchrashuv hal qiluvchi ahamiyat kasb etadi.
«Liverpul»da 100 foizlik natija
Liverpul — Lill 2:1
Gollar: Saloh (34), Elliot (67) — Devid (62).
Liverpul – Alisson, Tsimikas, van Deyk, Kuansa, Bredli (Aleksander-Arnold, 86), Jons (Mak Allister, 46), Gravenberh (Elliot, 46), Soboslai (Endo, 63), Dias (Keza, 75), Nunes, Saloh.
Lill – Shevale, Gudmundsson (Ismaili, 74), Alessandro, Diakite, Mandi, Andre, Mukau (Buaddi, 74), Kabella (Sahraui, 63), Haraldsson, Bakker (Mene, 63), Devid.
Ogohlantirishlar: Mandi (35), Andre (88), Mak Allister (90+3), Elliot (90+4).
Chetlatish: Mandi (59).
«Lill» joriy mavsumda «Real» va «Atletiko»ni engib, barchani hayron qoldirdi. Qolaversa, Bryuno Jenezio doimiy ravishda rotatsiyaga qoʻl urib, EChLda barcha asosiy futbolchilarini ham oʻynatmayapti. «Enfild»da ham mehmonlar dadil harakat qilishdi, ammo qizillarning oʻz uslubidagi qarshi hujumi qurboni boʻlishdi. Tsimikas maydon markazida toʻpni olib qoʻydi, Jons Salohning yoʻliga pas berdi va misrlik hujumchi mersisaydliklar tarixida yevrokuboklarda 50 gol urgan ilk futbolchiga aylandi.
Tanaffusga qadar uning gollari soni ortishi mumkin edi, ammo toʻp ustun yonginasidan oʻtib ketdi. Ikkinchi boʻlimda esa Mandi Luis Diasga ishlatgan qoʻpolligi uchun ikkinchi sariq kartochkani olib, maydonni tark etdi. Odatda Arne Slot jamoasiga qarshi oʻyinda raqib uchun shu bilan barchasi tugaydi, ammo «Lill» mardonavor kurashdi va oʻn kishi holatida hisobni tenglashtirishga erishdi. Mehmonlar toʻpurari Jonatan Devid turnirning joriy mavsumida «Liverpul» maydonida gol urgan ilk futbolchi boʻldi.
Ammo frantsuzlar jamoasining 22 uchrashuvdan iborat magʻlubiyatsiz seriyasi (EChLda besh oʻyin) baribir barham topdi. Slot yana Elliotni oʻz vaqtida maydonga tushirdi. Ushbu futbolchi APLning soʻnggi turida hal qiluvchi golli uzatmani amalga oshirgandi, bu safar esa jarima maydonidan qaytgan toʻpni darvoza toʻriga yoʻlladi. Etti oʻyin — etti gʻalaba. Angliya chempionati top-8 yoʻllanmasini kafolatladi, oxirgi turda Eyndhovenda kechadigan oʻyin esa mersisaydliklar uchun faqat gʻalabali seriyani davom ettirish imkoniyati sifatida qiziq.
Irodali «Atletiko»
Atletiko — Bayer 2:1
Gollar: Alvares (52, 90) — Inkapie (45+1).
Atletiko – Oblak, Galan (Reynildu, 46), Simeone (Lino, 87), Langle, Ximenes, Molina, Grizmann (Korrea, 87), Barrios, De Paul, Lorente, Alvares (Le Norman, 90+2).
Bayer – Kovarj, Inkapie, Tapsoba, Ta, Mukiyele (Shik, 46), Palasios, Jaka, Grimaldo, Virts, Frimpong (Artur, 82), Tella (Hofmann, 68).
Ogohlantirishlar: Virts (44), Tella (45+2), Ximenes (45+2), Inkapie (45+4), Simeone (66).
Chetlatishlar: Barrios (25), Inkapie (76).
«Atletiko» bu turnirda kuchli oʻynamoqda, ammo «Bayer» ham Madriddagi oʻyinni yorqin oʻtkazdi. Mehmonlar birinchi boʻlim oʻrtalarida son jihatdan ustunlikka erishishdi, arbitr VAR tuzatishi bilan Barriosga qizil kartochka koʻrsatdi, boʻlim oxirida Inkapiye mehmonlarni hisobda oldinga olib chiqdi.
Habi Alonso esa bir gol bilan cheklanmoqchi emasdi va tanaffusda golli pas muallifi boʻlgan himoyachi Mukiyele oʻrniga hujumchi Patrik Shikni tushirdi.
Ammo Diyego Simeone shogirdlari yana bir bor xarakter koʻrsatdi. «Matraschilar» ogʻir pallalarda matonat koʻrsatishga odatlangan. «Bayer» raqibni taslim etishga urinib, toʻliq kuch bilan hujumga oʻtganida qarshi hujumni oʻtkazib yubordi. Alvares Grizmanning uzatmasidan keyin toʻp uchun kurashib, Jonatan Tani xato qilishga majbur qildi va hisobni tenglashtirdi.
79-daqiqada nemislar jamoasining yagona goli muallifi Inkape ham maydondan chetlatildi, 90-daqiqada esa Alvares zaxiradan tushgan Korreaning uzatmasidan keyin gʻalaba golini urdi. Hulian bu mavsumda oʻz jamoasini topdi va EChLdagi sermahsullik boʻyicha oʻz rekordini yaxshiladi (6 gol).
«Bayer» 2024 yil noyabridan buyon ilk bor yutqazdi va chorshanba kungi oʻyinlar natijalariga koʻra kuchli sakkizlikni tark etishi mumkin. «Atletiko» esa umumiy jadvalda uchinchi oʻringa koʻtarilib oldi.
Dortmundda inqiroz
Bolonya — Borussiya D 2:1
Gollar: Dallinga (71), Ayling (72) — Girassi (15, penalti).
Bolonya – Skorupski, Likoyannis, Lukumi (Kazale, 63), Bekema, Holm, Pobega (Moro, 87), Froyler (Odgor, 46), Ndoye, Fergyuson, Orsolini (Ayling-Junior, 35), Kastro (Dallinga, 63).
Borussiya D – Kobel, Ryuerson, Shlotterbek, Anton, Gross (Yan Kouto, 75), Reyna (Jan, 64), Nmecha, Bayer, Gittens, Girassi (Brandt, 75), Dyuranvil (Adeyemi, 64).
Ogohlantirishlar: Holm (14), Froyler (19), Lukumi (60), Bayer (62), Adeyemi (81), Kouto (82), Ryuerson (89), Fergyuson (90).
Oʻyindan bir necha kun oldin Italiyadagi oʻyin yomon natija bilan yakunlanadigan boʻlsa, «Borussiya» Nuri Shahinni iste'foga chiqarishi mumkinligi haqida xabar tarqalgandi. Mehmonlar oʻyinni yaxshi boshlashdi — Seru Girassi penaltini aniq ijro etdi. Ammo «Borussiya» birinchi boʻlim davomida bir necha daqiqa ichida barchasini barbod qildi. 1:0 hisobi 1:2 ga oʻzgardi, «Bolonya»ning ikkinchi goli urilgan epizodda Valdemar Anton qoʻpol xatoga yoʻl qoʻydi.
Bunga qadar olti turda birgina gol urgan «Bolonya» dortmundliklardagi inqirozdan foydalanib qoldi va EChLdagi ilk gʻalabasini nishonladi. «Borussiya» esa yangi murabbiy izlashni boshlashi mumkin.
Bryugge — Yuventus 0:0
Bryugge – Miniole, de Keyper, Mexele, Ordones, Sabbe (Seys, 69), Yashari, Nvadike, Tsolis (Vetlesen, 78), Vanaken, Talbi (Meyer, 90), Yutgla (Nilsson, 69).
Yuventus – Di Gregorio, Kambiyazo, Kalulu, Gatti, Savona, Duglas Luis (Tyuram, 76), Lokatelli, Mbangula (Yildiz, 66), Kopmeyners (Makkenni, 76), Vea (Konseysau, 66), Gonsales (Vlahovich, 76).
Ogohlantirishlar: Kopmeyners (38), Konseysau (77).
Belgiyada esa oʻyin davomida tinchlik hukm surdi. 90 daqiqa davomida ikki jamoa bir boʻlib darvoza sohasiga toʻgʻri borgan atigi bitta zarba yoʻlladi. «Bryugge» xG boʻyicha 0,60 koʻrsatkichi qayd etdi, «Yuve»da — 0,53. Oʻyin italyanlar klubi uchun xos boʻlgan golsiz durang bilan yakunlandi. «Yuve» ham, «Bryugge» ham hozircha top-24 hududida qolmoqda.
Sharqiy Evropa uchun omadsiz kun
Slovan — Shtutgart 1:3
Gollar: Metsoko (85) — Leveling (11, 36), Rider (87).
Slovan Bratislava – Takach, Vimmer, Kashiya, Sharani (Barsegyan, 71), Blekmen (Medvedev, 89), Bayrich, Savvidis (Mustafich, 82), Martselli, Tolich (Gaydosh, 89), Mak (Metsoko, 70), Streles.
Shtutgart – Nyubel, Mittelshtedt, Shabo, Ruo, Vagnoman (Stergiu, 90+1), Fyurix, Shtiller, Kaytel (Ad Dahil, 81), Leveling (Rider, 70), Miyo (Shtentsel, 90), Undav (Demirovich, 70).
Ogohlantirishlar: Ruo (25), Kashiya (30), Savvidis (45+2), Undav (54), Kaytel (61).
Srvena Zvezda — PSV 2:3
Gollar: Ndiay (71), Jiga (77) — De Yong (17, 24), Flamingo (43).
Srvena Zvezda – Glazer, Sol Yon U (Maksimovich, 71), Spayich, Jiga, Mimovich, Elshnik, Krunich, Radonich (Milson, 83), Ivanich, Mvumpa (Bruno Duarte, 71), Ndiaye.
PSV – Benites, Junior, Boskali, Flamingo, Ledesma (Karsdorp, 78), Verman, S auten, Lang (Kun, 74), Til (Obispo, 86), Bakayoko (Pepi, 86), de Yong.
Chetlatish: Flamingo (50).
Sharqiy Evropaning ikki jamoasi uchun ham EChL oʻyinlari bu yildagi birinchisi boʻldi. Shunday ekan, «Slovan» va «Srvena Zvezda» qizishib olgan raqiblarga qarshilik koʻrsata oladigan holatda emasdi. Olti turdan keyin nol ochko bilan oxirgi oʻrinda joylashgan slovaklar «Shtutgart» forvardi Levelingning birinchi boʻlimdagi dublidan keyin amalda navbatdagi magʻlubiyatini tan oldi.
«Srvena Zvezda» esa PSVning burchak zarbalariga qarshi chora topa olmasdan, pley-offga chiqish imkoniyatini yoʻqotdi. Vermanning ikki uzatmasidan Lyuk de Yong ikkita gol urdi, yana bir korner ijro etilganida Flamingo hisobni yirik koʻrinishga keltirdi. Uchinchi gol muallifi ikkinchi boʻlim boshida maydondan chetlatildi va bir kishi koʻp boʻlib qolgan serblar ikkita javob goli urishdi, ammo bu natijaga ta'sir koʻrsatmadi.
Turnir jadvalidagi vaziyat:
“Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar