OʻFA birinchi vitse-prezidenti Ravshan Irmatov hamda Oʻzbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Timur Kapadze Dohaga etib kelib, jamoa bilan uchrashdi. Bu haqda OʻFA matbuoti xabar berdi.
OʻFA rahbariyati avvalo Srechko Katanesga salomatlik tilab, Milliy jamoa uchun qilgan mehnatlarini e'tirof etdi. Kuni kecha sloveniyalik mutaxassis sogʻligʻi yomonlashgani sababli terma jamoadagi faoliyatini davom ettira olmasligi haqida assotsiatsiyaga xat yoʻlladi.
Jamoamizni oldinda mas'uliyatli oʻyinlar kutib turgan muhim pallada yangi bosh murabbiy atrofida birlashib, azaliy orzumiz boʻlgan Jahon chempionati yoʻllanmasini qoʻlga kiritish uchun qattiq mehnat qilib, toʻliq tayyorgarlik koʻrish kerakligi ta'kidlandi.
Ushbu muhim vazifa aynan bir necha yillar terma jamoa sharafini himoya qilgan, murabbiylik tajribasini olgan, yoshlar bilan muvaffaqiyatli ishlab, Olimpiada yoʻllanmasini qoʻlga kiritgan mutaxassis — Timur Kapadzega ishonib topshirilgani aytildi.
Oʻz oʻrnida Timur Kapadze jamoa va murabbiylar shtabi bilan iliq suhbatlashib, oldimizga qoʻyilgan aniq maqsad yoʻlida bir oila boʻlib, birgalikda harakat qilish kerakligini aytdi.
Oʻzbekiston milliy terma jamoasi Timur Kapadze qoʻl ostida dastlabki mashgʻulotlarini boshladi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar