10:20 / 28.02.2025
141

Professional boks: Abdumalik Halokov ikkinchi g‘alabasini qo‘lga kiritdi

Professional boks: Abdumalik Halokov ikkinchi g‘alabasini qo‘lga kiritdi
Foto: “Spors.kz”
Ispaniyaning Sevilya shahridagi Centro Deportivo San Pablo majmuasida professional boks oqshomi kecha, 27 fevral kuni o‘tkazildi.

Turnir doirasida yarim yengil vazn toifasidagi o‘zbekistonlik charm-qo‘lqop ustasi Abdumalik Halokov ham ringga ko‘tarildi. O‘zbekiston vakili venesuelalik Marlembron Akunyaga qarshi bahs olib bordi. 6 raund etib belgilangan jang uchinchi raunddayoq yakuniga yetdi. Abdumalik raqibini texnik nokaut orqali muddatidan oldin taslim etdi.

Bu 24 yoshli Abdumalik uchun professional boksdagi ikkinchi jangida qo‘lga kiritgan ikkinchi g‘alabasiga aylandi. Akunya hisobida esa endi 13 g‘alaba, 12 mag‘lubiyat va 1 ta durang mavjud.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport