12:02 / 22.03.2025
2 347

Bahodir Jalolov va Otabek Xolmatov qatnashadigan turnirda yana kimlar jang qiladi?

Bahodir Jalolov va Otabek Xolmatov qatnashadigan turnirda yana kimlar jang qiladi?
Xabaringiz bor, 5 aprel kuni Qozog‘istonning Astana shahrida Top Rank promouterlik kompaniyasi tomonidan professional boks oqshomi o‘tkaziladi. Bu haqda O‘zbekiston boks federatsiyasi xabar bermoqda.

Turnir doirasida super og‘ir vazn toifasidagi charm qo‘lqop ustamiz Bahodir Jalolov ukrainalik Igor Shevadzutskiyga, yarimengil vazndagi Otabek Xolmatov esa filippinlik Jeyson Kanoyga qarshi ringga ko‘tariladi.

Quyiida kardning tasdiqlangan janglari bilan tanishishingiz mumkin:

- Janibek Alimxanuli - Anauel Ngamissenge;
- Sultan Zaurbek - Azinga Fuzile;
- Batir Jukembayev - Keyn Gardne;
- Balausa Muzdiman - Rozalinda Rodriges;
- Maxmud Sabirxan - Jey Frensis Buray.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport