date
views 163

Nufuzli turnirda Karlsen chempion, Abdusattorov esa 8-o‘rinni egalladi

Nufuzli turnirda Karlsen chempion, Abdusattorov esa 8-o‘rinni egalladi
7–14 aprel kunlari Parijda “Freestyle Chess Grand Slam Paris-2025” turniri bo‘lib o‘tdi.

Finalda Magnus Karlsen Hikaru Nakamurani mag‘lub etib, chempionlik va 200 000 dollar mukofotga ega chiqdi. Uchinchi o‘rin uchun bahsda Fabiano Karuana Vensan Keymer ustidan 1,5:0,5 hisobida zafar quchib, 100 000 dollar va Las-Vegasdagi navbatdagi turnirga yo‘llanma oldi.

Hamyurtimiz Nodirbek Abdusattorov musobaqani 8-o‘rinda yakunladi va 20 000 dollar mukofotga sazovor bo‘ldi. U musobaqaga faqatgina 1 kun qolganda taklif etilgandi.

Abdusattorovga keyingi yirik turnirlarda omad tilaymiz!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Nufuzli turnirda Karlsen chempion, Abdusattorov esa 8-o‘rinni egalladi