Rossiya operatorlari ayrim xizmatlarni VPN’siz ochishni muhokama qilmoqda

Rossiyaning «Bilayn» va T2 aloqa operatorlari hukumat bilan mamlakat qonunchiligini buzmaydigan VPN-servislar uchun cheklovlarni yumshatish imkoniyatlarini koʻrib chiqmoqda. Bu haqda «VimpelKom» («Bilayn» brendi) bosh direktori Sergey Anoxin maʼlum qildi. Bu haqda Ixbt.com xabar beradi.
Anoxinning soʻzlariga koʻra, gap ruxsat etilgan VPN-servislarning rasmiy federal roʻyxatini tuzish haqida emas, balki hozirda Rossiyada faqat VPN orqali ishlayotgan ayrim resurslarga kirishni ochish mexanizmi haqida bormoqda. Ular orasida neyrotarmoqlar va koʻngilochar platformalar, jumladan, bozorni tark etgan, biroq qonunni buzmaydigan xizmatlar bor.
«Bilayn» rahbari ushbu model bir nechta idoralar bilan muhokama qilinayotgani va gʻoya qoʻllab-quvvatlanganini taʼkidladi. Mazkur funksiyani yaqin vaqt ichida ayrim tarif rejalariga kiritish rejalashtirilmoqda. Bunda foydalanuvchidan alohida ilova oʻrnatish yoki VPN’ni qoʻlda yoqish talab etilmaydi — tizim tarifning bir qismi sifatida avtomatik ishlaydi.
T2 operatori ham ushbu tashabbus ustida barcha yirik aloqa operatorlari ish olib borayotganini tasdiqladi. Kompaniya abonentlar uchun cheklovlar oqibatlarini minimallashtirishdan manfaatdor ekanini bildirdi. Hozirda koʻplab foydalanuvchilar ChatGPT va boshqa xalqaro texnologik platformalardan foydalanishda qiyinchiliklarga duch kelmoqda.





























Izohlar 0
…