date

PSJ Konate uchun kurashga qo'shildi, Liverpul muzokarada

PSJ Konate uchun kurashga qo'shildi, Liverpul muzokarada

«Liverpul» markaziy himoyachi Ibraima Konateni jamoada olib qolish niyatida va futbolchi bilan yangi shartnoma bo'yicha ishlashni davom ettirmoqda. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Jurnalist Uilson Koks xabariga ko'ra, mersisaydliklar fransuz futbolchisi bilan kelishuv shartlarini muhokama qilmoqda. Biroq Konate shoshilmayapti: u avval «PSJ»ning yakuniy qarorini kutib, shundan keyingina yangi bitimga imzo chekish-chetmaslikni hal qilmoqchi. Parij klubi himoyachi transferi uchun jiddiy da'vogar sifatida maydonga chiqdi.

Avvalroq OAV Konateni Madridning «Real»iga ham bog'lagan edi.

Ibraima Konate 2021 yilda «RB Leyptsig»dan «Liverpul»ga 40 million yevro evaziga o'tgan. Uning amaldagi shartnomasi 2026 yil 30 iyungacha mo'ljallangan. Joriy mavsumda u «qizillar» safida 34 o'yin o'tkazib, 2 ta gol urdi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » PSJ Konate uchun kurashga qo'shildi, Liverpul muzokarada