Kubarasi Flikning qattiq ohangi jamoani asraydi deb hisoblaydi

“Barselona” himoyachisi Pau Kubarasi jamoa bosh murabbiyi Hans-Diter Flik bilan ishlash jarayoni haqida fikr bildirdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Kubarasining aytishicha, Flik futbolchilardan o‘ziga ishongan holda, erkin o‘ynashni talab qiladi. Tashqaridan qaraganda u ko‘p baqirayotgandek tuyulishi mumkin, biroq jamoa ichida murabbiy doimo futbolchilarini himoya qilib, qo‘llab-quvvatlaydi.
Joriy mavsumda 19 yoshli Kubarasi barcha musobaqalarda 33 ta uchrashuvda maydonga tushib, 1 ta gol muallifi bo‘ldi.
Eslatib o‘tamiz, “Barselona” avvalgi turda safarda “Jirona”ga 1:2 hisobida yutqazib, La Liga peshqadamligini boy bergan edi. 25-turda “ko‘k-anorranglilar” 22-fevral kuni o‘z maydonida “Levante”ni qabul qiladi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing