Kubarasi Flik tashqaridan ko'p baqiradigandek tuyuladi

“Barselona” himoyachisi Pau Kubarasi jamoa bosh murabbiyi Xans-Diter Flik haqida fikr bildirdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Kubarasining aytishicha, Flik futbolchilarga doim o'ziga ishongan holda, erkin va o'z o'yinini ko'rsatib maydonga tushishni uqtiradi. Himoyachi murabbiy tashqaridan juda ko'p baqirayotgandek ko'rinishi mumkinligini, ammo jamoa ichida u futbolchilarni himoya qilib, doimo qo'llab-quvvatlashini ta'kidladi.
Joriy mavsumda 19 yoshli Kubarasi barcha musobaqalarda 33 ta uchrashuvda maydonga tushdi va bitta gol muallifiga aylandi.
Eslatib o'tamiz, “Barselona” avvalgi turda safarda “Jirona”ga 1:2 hisobida imkoniyatni boy berib, Ispaniya chempionatidagi peshqadamlikni qo'ldan chiqardi. 25-turda “ko'k-anorranglilar” 22 fevral kuni o'z maydonida “Levante”ni qabul qiladi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!