PSJ Dembele jarohati yuzasidan rasmiy ma'lumot berdi

Parijning «PSJ» klubi rasmiy sayti orqali futbolchilarning tibbiy holati bo‘yicha yangilangan ma’lumotlarni e’lon qildi. Unda Yevropa Chempionlar ligasida «Monako»ga qarshi uchrashuvda jarohat olgan hujumchi Usmon Dembele haqida ham so‘z boradi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Klub xabariga ko‘ra, Dembele boldir mushagida noqulaylik sezgani sabab yaqin kunlarda mashg‘ulotlarni sport zalida davom ettiradi.
Shu tariqa, fransuz futbolchi shanba kuni Liga 1 doirasida «Metz»ga qarshi o‘yinda maydonga tusha olmaydi.
Shuningdek, yarim himoyachi Fabian Ruis individual mashg‘ulotlarni qayta boshlagani ham qayd etildi.
Hozirda «PSJ» Liga 1 turnir jadvalida ikkinchi o‘rinda bormoqda va peshqadam «Lans»dan bir ochko ortda qolmoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing