date

Luis Enrike PSJ uchun 1/8 finalda Chelsini afzal ko'rdi

Luis Enrike PSJ uchun 1/8 finalda Chelsini afzal ko'rdi

"Pari Sen-Jermen" bosh murabbiyi Luis Enrike Yevropa Chempionlar ligasi 1/8 finalida jamoasi uchun qaysi raqib ma'qulroq ekanini aytdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Parij klubi pley-off saralash bosqichida "Monako"dan o'ta olsa, keyingi bosqichda "Barselona" yoki "Chelsi" bilan to'qnash keladi. Dastlabki uchrashuvda "PSJ" safarda monakoliklarni 3:2 hisobida mag'lub etgan.

Enrikening fikricha, "Chelsi" varianti "PSJ" uchun qulayroq. Mutaxassis "Barselona"ning o'yin uslubi barqaror ekani, jamoa to'pni nazorat qilishi, yuqori pressing qo'llashi va tarkibida bir necha soniya ichida o'yin taqdirini hal qila oladigan futbolchilar ko'pligini ta'kidladi.

"Agar tanlash imkonim bo'lsa, "Chelsi"ni aytardim. "Barselona"ga qarshi o'ynaganda faqat jamoaga emas, butun bir g'oyaga ham qarshi turasan — bu esa vazifani murakkablashtiradi", — deya Enrikening so'zlarini ispan OAV keltirdi.

Chempionlar ligasi 1/8 final uchrashuvlari mart oyida bo'lib o'tadi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Luis Enrike PSJ uchun 1/8 finalda Chelsini afzal ko'rdi