Rafinya Braziliyaning Shotlandiyaga qarshi bahsini o‘tkazib yuboradi

Braziliya terma jamoasi vingeri Rafinya Gaitiga qarshi bahsda jarohat olgani sababli Shotlandiyaga qarshi navbatdagi uchrashuvda maydonga tushmaydi. Fabritsio Romanoning ma'lum qilishicha, futbolchi hozirda jadal davolanishga kirishgan bo'lib, Braziliya pley-offga chiqsa, yana bir nechta o'yinni o'tkazib yuborishi mumkin. Shunga qaramay, u Jahon chempionati davomida terma jamoa ixtiyorida qoladi va keyingi bosqichlarga qadar safga qaytishga harakat qiladi.
Braziliya terma jamoasi vingeri Rafinya Jahon chempionatida Gaitiga qarshi o‘yin vaqtida jarohat olib, almashtirildi. Fabritsio Romanoning so‘nggi ma’lumotiga ko‘ra, futbolchi Shotlandiyaga qarshi navbatdagi uchrashuvda aniq maydonga tushmaydi. Shuningdek, Braziliya pley-off bosqichlariga yo‘l olsa, Rafinya musobaqaning yana bir nechta bahsini o‘tkazib yuborishi mumkin, deb xabar beradi «Yevro-Futbol.Ru».
Romano ijtimoiy tarmoqda Rafinya endi jadal davolanishini ma’lum qildi. Futbolchi Jahon chempionati davomida terma jamoa ixtiyorida qoladi va musobaqaning keyingi bosqichlariga qadar safga qaytishga harakat qiladi.
Braziliya guruh bosqichida hozirgacha ikki o‘yin o‘tkazdi. Jamoa dastlab Marokash bilan 1:1 hisobida durang o‘ynadi, keyin esa Gaitidan 3:0 hisobida ustun keldi. Shu tariqa Braziliya ikki turdan keyin to‘rt ochko jamg‘ardi.































Izohlar 0
…