Yan Diomande Liverpul taklifini rad etdi: Isteʼdodli vinger Parijni tanlamoqda

Yan Diomande Liverpul taklifini rad etdi: Isteʼdodli vinger Parijni tanlamoqda

Germaniyaning Bavariya va boshqa grand klublari qatorida transfer bozorida faol boʻlgan RB Leypsig jamoasining yosh yulduzi Yan Diomande oʻz kelajagi borasida yakuniy qarorga keldi. Isteʻdodli vinger Angliya Premer-ligasi giganti Liverpul klubining qiziqishlariga qaramay, faoliyatini Pari Sen-Jermen safida davom ettirishni afzal koʻrmoqda. Bu haqda The Athletic nashri xabar tarqatdi. Bu haqda Goal.com xabar beradi.

Maʻloʻmotlarga koʻra, Diomande Parij klubining sport loyihasiga toʻliq ishonadi. Futbolchi klub raisi Nasser Al-Khelaifi va maslahatchi Luis Campos tomonidan taklif etilgan rejalar, shuningdek, bosh murabbiy Luis Enrique qoʻli ostida toʻp surish imkoniyatini yuqori baholamoqda. Futbolchi aynan Pari Sen-Jermen safida nufuzli sovrinlarni yutish va kelajakda "Oltin toʻp" (Ballon d'Or) mukofotiga ega chiqish uchun eng yaxshi imkoniyatga ega boʻlishiga ishonmoqda.

Liverpul uchun kutilmagan zarba

Liverpul rahbariyati Yan Diomande uchun 100 million yevro atrofida katta mablagʻ sarflashga tayyor edi. Biroq futbolchining Parijga koʻchib oʻtish istagi mersisaydliklarning rejalarini chippakka chiqardi. Shu bilan birga, RB Leypsig ham oʻz yetakchisini arzon narxda qoʻyib yubormoqchi emas. Nemis klubi Liverpul taklif qilgan summani rad etib, transfer narxini 130 million yevro etib belgilagan.

Agar ushbu transfer amalga oshsa, Diomande RB Leypsig tarixidagi eng qimmat sotuvga aylanadi. Hozircha bu boradagi rekord Manchester Siti jamoasiga 90 million yevro evaziga oʻtgan Josko Gvardiolga tegishli boʻlib turibdi. Yan Diomande oʻtgan mavsumda Bundesligada 33 ta oʻyinda maydonga tushib, 12 ta gol va 9 ta golli uzatmani amalga oshirdi va jamoasining Chempionlar ligasiga yoʻllanma olishiga munosib hissa qoʻshdi.

Dunyoning eng yaxshi dreyblerlaridan biri

Statistik maʻloʻmotlarga koʻra, oʻtgan mavsumda Germaniya chempionatida hech bir futbolchi raqiblarini aldab oʻtish borasida Diomande kabi yuqori koʻrsatkich qayd etmagan. Uning maydondagi harakatlari va texnik mahorati koʻplab grand klublar eʻtiborini tortgan edi. Hozirda futbolchi Kot-d'Ivuar terma jamoasi safida Jahon chempionatida ishtirok etmoqda.

Goal.com nashrining yozishicha, Kot-d'Ivuar terma jamoasi turnirning 1/16 final bosqichida Norvegiya bilan bahs olib boradi. Yan Diomande bor eʻtiborini terma jamoa oʻyinlariga qaratgan boʻshsa-da, turnir yakunlanishi bilan Pari Sen-Jermen va RB Leypsig oʻrtasidagi muzokaralar hal qiluvchi pallaga kirishi kutilmoqda. Futbolchining amaldagi shartnomasi 2030-yilgacha moʻljallangan boʻlishiga qaramay, uning transferi joriy yozning eng shov-shuvli voqealaridan biriga aylanishi tayin.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar