Xitoyliklar inson rekordlarini yangilagan robot yaratdi

Xitoyning Unitree Robotics kompaniyasi joyidan turib 2 metr balandlikka sakray oladigan va 12,66 metr/soniya, ya'ni 45,6 km/soat tezlikda yuguradigan “Superman” gumanoid robotini taqdim etdi. Robotning sakrash ko'rsatkichi insonning qayd etilgan natijalaridan, yugurish tezligi esa 2009 yilda Usain Bolt qayd etgan maksimal tezlik — taxminan 12,4 m/sdan yuqori.
Xitoyning Unitree Robotics kompaniyasi inson jismoniy imkoniyatlariga yaqinlashayotgan yangi gumanoid robot — “Superman”ni taqdim etdi. Robot joyidan turib 2 metr balandlikka sakray olishi va 12,66 metr/soniya, ya’ni 45,6 km/soat tezlikda yugurishi bilan e’tibor qozondi.
Kompaniya ma’lumotlariga ko‘ra, robotning oyoqlari 85 santimetr uzunlikda bo‘lib, u joyidan sakrash bo‘yicha insonning qayd etilgan natijalaridan yuqori ko‘rsatkichni namoyish etgan. Yugurish tezligi esa 2009 yilda 100 metrga yugurishda Usain Bolt qayd etgan maksimal tezlik — taxminan 12,4 m/sdan yuqori.
“Superman” oddiy maishiy vazifalarni bajarishga mo‘ljallangan robotdan ko‘ra, avvalo yuqori tezlik va harakatchanlik imkoniyatlarini namoyish etuvchi platforma sifatida ishlab chiqilgan. Unitree ma’lumotlariga ko‘ra, uning yaratilishi atigi uch oydan sal ko‘proq vaqtni olgan.
Yangi robotning taqdimoti Pekinda bo‘lib o‘tadigan Jahon gumanoid robotlar o‘yinlari arafasida amalga oshirildi. Musobaqalarda robotlarning yugurish va sakrash kabi jismoniy imkoniyatlari ham sinovdan o‘tkazilishi kutilmoqda.
Shu bilan birga, mutaxassislar robotning kompaniya tomonidan e’lon qilingan rekord ko‘rsatkichlarini mustaqil ravishda tasdiqlash masalasiga ehtiyotkorlik bilan yondashmoqda. Shunday bo‘lsa-da, “Superman”ning namoyishi gumanoid robotlar qanchalik tez va chaqqon bo‘lib borayotganini ko‘rsatdi.































Izohlar 0
…