Apple Yevropa Ittifoqidagi App Store komissiyalari va qoidalarini o‘zgartirdi

Apple Yevropa Ittifoqida o'rnatishlar soniga asoslangan Core Technology Fee to'lovini bekor qilib, App Store'dan tashqarida yoki veb-sahifalarda tarqatiladigan ilovalar uchun yagona 5 foizlik komissiya joriy etdi. Ichki xaridlar komissiyasi an'anaviy 30 foizlik stavka o'rniga 26 foiz etib belgilandi, kichik biznes dasturlari, mini-ilovalar va videokontent hamkorlik dasturlaridagi aksariyat dasturchilar uchun 15 foizlik imtiyoz saqlab qolindi.
Apple kompaniyasi Yevropa komissiyasi bilan yuzaga kelgan kelishmovchiliklarni hal qilish hamda Raqamli bozorlar to‘g‘risidagi qonun talablariga to‘liq moslashish maqsadida Yevropa Ittifoqi hududidagi ilovalar uchun komissiya to‘lovlari tuzilmasini soddalashtirilganini eʼlon qildi. Ushbu o‘zgarishlar texnologiya gigantining mintaqadagi muqobil ilovalar do‘konlari va to‘lov tizimlariga qo‘yadigan qatʼiy talablarini yumshatishga qaratilgan. Bu haqda Techcrunch.com xabar beradi.
ixbt.com maʼlumotiga ko‘ra, yangi modelga muvofiq, Apple kompaniyasi o‘rnatishlar soniga asoslangan murakkab Core Technology Fee to‘lovini bekor qilib, App Store'dan tashqarida yoki veb-sahifalarda tarqatiladigan ilovalar uchun yagona 5 foizlik komissiya joriy etdi. Shuningdek, muqobil to‘lovlar va kompaniyaning o‘q-in-app xaridlari uchun stavkalar qayta ko‘rib chiqildi.
Yangi komissiya stavkalari va moliyaviy shartlar
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yili Yevropa Ittifoqi regulyatorlari Apple'ni qoidalarga rioya qilmagani uchun 500 million yevro miqdorida jarimaga tortgan va qo‘shimcha sanksiyalar bilan tahdid qilgan edi. Shundan so‘ng taqdim etilgan dastlabki yondashuv tanqidchilar tomonidan «g‘arazli muvofiqlik» deb atalgan va uning haddan tashqari murakkabligi noroziliklarga sabab bo‘lgan edi.Hozirgi yangilangan shartlarga ko‘ra, anʼanaviy shartlardagi 30 foizlik stavka o‘rniga Apple ichki xaridlar komissiyasi 26 foiz qilib belgilandi. Shu bilan birga, kichik biznes dasturlari, mini-ilovalar hamda videokontent hamkorlik dasturlarida qatnashuvchi aksariyat dasturchilar uchun imtiyozli 15 foizlik stavka saqlanib qoladi. Avtomatik yangilanuvchi obunalarga ega ilovalar ham ilk yildan keyin ushbu imtiyozdan foydalanishi mumkin.
Muqobil ilovalar do‘konlari uchun talablar yumshatildi
Muqobil to‘lov protsessorlaridan foydalanadigan ilovalar uchun komissiya miqdori 20 foizni tashkil etadi, maxsus dasturlardagi ishtirokchilar uchun esa bu ko‘rsatkich 10 foizgacha pasayadi. Shu bilan birге, dasturchilar tanlagan to‘lov usuliga 12 oy davomida sodiq qolishi shart qilib qo‘yildi.Yangi qoidalar muqobil ilovalar do‘konini ochishni istagan dasturchilar uchun talablarni sezilarli darajada yumshatdi. Avvallari buning uchun Yevropa Ittifoqida millionlab yuklab olishlarni tasdiqlash yoki yirik moliyaviy resurslarga ega ekanini isbotlash talab etilgan bo‘lsa, endilikda ochiq aksiyadorlik jamiyati maqomi, moliyaviy auditlar yoki venchur moliyalashtirish kabi muqobil usullar orqali ham moliyaviy barqarorlikni ko‘rsatish imkoniyati yaratildi.






























Izohlar 0
…