Kameraga ega Apple quloqchinlari maxfiylikka qanday taʼsir qiladi

Apple kamerali AirPods quloqchinlarini chiqarishga hozirlik ko'rmoqda, qurilma tafsilotlari macOS 26.7 RC sinov versiyasidagi videolar va kodlar orqali oshkor bo'ldi. Chap va o'ng quloqchinlarga o'rnatiladigan kichik kameralar odatiy suratga olish yoki video yozish uchun emas, balki past aniqlikda atrof-muhit haqidagi ma'lumotlarni qayd etib, Siri uchun "ko'z" vazifasini bajaradi.
Soʻnggi yillarda sunʼiy intellekt va kameralar bilan jihozlangan taqiluvchi qurilmalar oʻziga xos obroʻ muammosiga duch kelmoqda. Xususan, Meta kompaniyasining Ray-Ban aqlli koʻzoynaklari atrofdagilarni ularning roziligisiz yozib olishi mumkinligi haqidagi xavotirlarni keltirib chiqargan edi. Shu boisdan ham Apple kompaniyasining kamerali AirPods quloqchinlarini chiqarishga hozirlik koʻrayotgani haqidagi xabarlar koʻpchilikda haqli savollarni tugʻdirdi, axir bu iPhone ishlab chiqaruvchisining oʻzini maxfiylikka intiluvchi brend sifatida koʻrsatishiga ziddek tuyulishi mumkin. Bu haqda Techcrunch.com xabar beradi.
ixbt.com va boshqa texnologiya manbalarining xabar berishicha, ushbu shov-shuvli qurilma tafsilotlari macOS 26.7 RC dasturiy taʼminotining sinov versiyasidagi video yozuvlar va kodlar orqali oshkor boʻlgan. Ushbu videoda bir kishi AirPods taqqan holda kitobni koʻrsatib, Siri ovozli yordamchisi bilan muloqot qilayotgani aks etgan. Unga ilova qilingan ovozli treklarda „Visual Intelligence yordamida dunyongiz saqlanadigan boʻladi“ degan jumlalar yangraydi.
Maxfiylik xavotirlari va texnik imkoniyatlar
Apple oʻz brendini foydalanuvchilar ishonchiga qurgani sababli, bu qadam odatdagi apparat taʼminoti yangilanishiga qaraganda ancha katta tavakkal hisoblanadi. Bugungi kunda AirPods oddiy aksessuar sifatida qabul qilinib, odamlar ularni hech qanday ikkilanishsiz butun kun davomida taqib yurishadi. Biroq kameralarning qoʻshilishi foydalanuvchilarni atrofdagilar ularni yashirincha yozib olayotganmikan degan xayolga borishiga sabab boʻlishi mumkin.Shunga qaramay, mazkur quloqchinlardagi kameralar odatdagi suratga olish yoki video yozish uchun moʻljallanmagan. Bloomberg nashri jurnalisti Mark Gurmanning avvalroq bergan maʼlumotiga tayanib aytish mumkinki, chap va oʻng quloqchinlarga oʻrnatilgan kichik kameralar faqat Siri raqamli yordamchisi uchun „koʻz“ vazifasini bajaradi.
Yangilangan Siri va amaliy cheklovlar
Ushbu kameralar atrof-muhitdagi maʼlumotlarni past aniqlikda (low resolution) qayd etishga moʻljallangan boʻlib, ularning asosiy maqsadi foydalanuvchilarga yangilangan Siri AI imkoniyatlaridan toʻlaqonli foydalanish imkonini berishdir. Qurilmaning bunday tuzilishi uni oddiy josuslik vositasiga aylantirmaslik uchun ataylab cheklangan.Shuningdek, macOS kodlaridan topilgan maʼlumotlarga koʻra, tizimda “Hair Detected” (Soch aniqlandi) deb nomlangan xatolik xabari ham mavjud. Agar foydalanuvchining uzun sochi quloqchin kamerasini toʻsib qoʻysa, ushbu xabar ishga tushib, atrofdagilar haqida aniq maʼlumot olish uchun kamerani tozalashni eslatib turadi.
Apple oʻzining sentabr oyida chiqarilishi kutilayotgan iOS 27 va boshqa yangi dasturiy taʼminot yangilanishlari bilan birga taqdim etishi kutilayotgan bu qurilma orqali sunʼiy intellekt imkoniyatlarini yangi bosqichga olib chiqishni maqsad qilgan. Biroq isteʼmolchilarning maxfiylik borasidagi haqli xavotirlarini bartaraf etish kompaniya uchun asosiy vazifalardan biri boʻlib qolmoqda.






























Izohlar 0
…