Ethan Nwaneri Arsenalni tark etishi mumkin, Milan esa transferga qiziqmoqda

Arsenal Ethan Nwanerini yozgi transfer oynasi yopilishidan oldin sotishga tayyor, Milan esa yosh yarim himoyachini transfer qilishga jiddiy qiziqmoqda. Mikel Arteta jamoasining asosiy tarkibidan joy ola olmayotgan Nwaneri Manchester Siti bilan o'yinda zaxiradan ham o'rin olmadi, Fabrizio Romano esa uning Londonni tark etishi bo'yicha reja bir necha hafta oldin kelishilganini tasdiqladi.
Londonning Arsenal klubi oʻzining iqtidorli tarbiyalanuvchilaridan biri Ethan Nwanerini yozgi transfer oynasi yopilishidan oldin sotishga tayyorligi maʼlum boʻldi. Mikel Arteta jamoasining asosiy tarkibidan joy ola olmayotgan yosh yarim himoyachi faoliyatini Italiyada davom ettirishi ehtimoli yuqori. Bu haqda Goal.com xabar beradi.
Goal.com nashrining xabar berishicha, Angliya Premer-ligasining soʻnggi turida Manchester Siti bilan kechgan bahsda Nwaneri hatto zaxiradan ham oʻrin olmadi. Garchi u mavsumoldi yigʻinlarida ishtirok etgan boʻlsa-da, murabbiylar shtabi uning xizmatidan voz kechishga qaror qilgan koʻrinadi.
Fabrizio Romano tasdiqi
Taniqli transfer eksperti Fabrizio Romano ham ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida bu maʼlumotni tasdiqlab, futbolchi yozgi transfer oynasi yochilgunga qadar Londonni tark etishini maʼlum qildi. Uning qayd etishicha, bu reja bir necha hafta oldinayoq kelishib olingan edi.Eslatib oʻtamiz, Ethan Nwaneri oʻz vaqtida rekord darajadagi yoshda professional debyut qilib, butun futbol jamoatchiligining eʼtiborini tortgan edi. Biroq kuchli raqobat va yulduzlarga boy Arsenal tarkibida muntazam oʻyin amaliyotiga ega boʻlish uning uchun qiyin kechdi.
Milan klubining qiziqishi
Futbolchining transfer bozorida paydo boʻlganidan darhol Milan rahbariyati xabardor boʻldi. Italiya grandi hujum chizigʻini kuchaytirish, xususan, hujumchi ortida harakat qila oladigan universal pleymeykerni izlamoqda.Milan skautlari iyul oyi oxirlaridayoq ingliz iqtidorini oʻzlarining kuzatuv roʻyxatiga kiritgan edi. Rossoneri rahbariyati San-Siro stadionida yosh futbolchiga kerakli sharoitlarni yaratib berishga tayyor va transferni amalga oshirish variantlarini jiddiy koʻrib chiqmoqda.
Oʻtgan mavsumda Premier-ligada yetarlicha oʻyin amaliyotini ololmagach, Nwaneri Fransiyaning Marsel klubiga ijaraga berilgan edi. Liga 1 dagi tajriba uning rivojlanishiga yordam bergan boʻlsa-da, Mikel Artetaning asosiy rejalariga qayta singib ketishiga yetarli boʻlmadi.






























Izohlar 0
…