
O‘zbekiston milliy terma jamoasi sardori Odil Ahmedov iste’dodli yosh futbolchi Oston O‘runovning Rossiya kubogi musobaqasida “Rodina” jamoasi darvozasiga kiritgan goli muhim ahamiyat kasb etishini ta’kidladi.
- O‘runov “Spartak”da debyut golini urganidan juda mamnunman. Gol haqiqatan chiroylik chiqdi. Bu gol Ostonning o‘ziga bo‘lgan ishonchini yanada kuchaytiradi. Xuddi shu ruhda davom etish kerak. Unga omad va yutuqlar tilab qolaman, - deydi Odil Ahmedov.
Oston O‘runov terma jamoamiz yetakchisi bilan do‘stona munosabatda. Ahmedov yosh futbolchining o‘yiniga befarq emas. Oston jurnalistlarga bergan intervyusida Odil unga qimmatli maslahatlari bilan yordam berishini alohida ta’kidlagan. Xususan, 19 yoshli futbolchimiz terma jamoa sadorining “Bitta raqibni aldab o‘tdingmi, to‘pni ushlab qolmay, darrov jamoadoshingga oshir”, - degan maslahati har doim foyda keltirayotganini mamnuniyat bilan tan olgan edi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar