Rossiyada Xiaomi TV S Mini LED 2026 televizorlari sotuvi boshlandi

Xiaomi kompaniyasi Rossiya bozorida oʻzining yangi avlod Xiaomi TV S Mini LED 2026 televizorlar liniyasini rasman taqdim etdi. Yangi seriya 55, 65, 75, 85 va 98 dyuymli ekran oʻlchamlarida taklif etilmoqda. Qurilmalar toʻq kulrang korpus va oʻta yupqa ramkalarga ega boʻlib, displey old panelning 98 foizigacha boʻlgan qismini egallaydi. Bu haqda Ixbt.com xabar beradi.
Televizorlarda qoʻllanilgan QD-Mini LED texnologiyasi chuqur kontrast, yuqori yorqinlik va ranglarning aniq uzatilishini taʼminlaydi. Maksimal yorqinlik koʻrsatkichi 1200 nitga yetadi, rang qamrovi esa DCI-P3 standarti boʻyicha 94 foizni tashkil etadi. Shuningdek, barcha modellar HDR10+, HLG va Filmmaker Mode rejimlarini qoʻllab-quvvatlaydi.
Oʻyin ixlosmandlari uchun maxsus rejimda kadrlar yangilanish chastotasi 288 Gs gacha koʻtarilishi mumkin. 85 va 98 dyuymli katta modellarda Dolby Vision texnologiyasi ham mavjud. Ovoz tizimi boʻyicha barcha versiyalar 15 vattli ikkita dinamik, Dolby Audio va DTS:X bilan jihozlangan, yuqori modellar esa Dolby Atmos tizimiga ega.
Yangi televizorlar bilan bir qatorda, Xiaomi Robot Vacuum H50 Pro robot-changyutgichining ham savdolari boshlangani eʼlon qilindi. Narxlar borasida 55 dyuymli model taxminan 50 ming rubl, eng yirik 98 dyuymli versiya esa 250 ming rubl atrofida baholanmoqda.





























Izohlar 0
…