Rossiyada 200 kg yuk tashiydigan V-200 uchuvchisiz vertolyoti sinovdan oʻtmoqda

Rossiyada 200 kg yuk tashiydigan V-200 uchuvchisiz vertolyoti sinovdan oʻtmoqda

Aeromaks” kompaniyalar guruhi “IKAR-Injiniring” shoʻba korxonasi tomonidan ishlab chiqilgan V-200 yuk tashuvchi uchuvchisiz vertolyotining parvoz-konstruktorlik sinovlarini boshladi. SH-750 modelining modernizatsiya qilingan versiyasi boʻlgan ushbu seriyali prototipning sinovlari joriy yilning uchinchi choragida yakunlanishi rejalashtirilgan. Bu haqda Ixbt.com xabar beradi.

Yangi apparatning asosiy xususiyati uning toʻliq avtonom boshqaruv majmuasi bilan jihozlanganligidir. Bu tizim qurilmani butunlay avtomatik rejimda ishlatish imkonini beradi. Ishlab chiquvchilarning taʼkidlashicha, vertolyot birgina tugmani bosish orqali 200 kg gacha boʻlgan foydali yukni 300 km masofaga yetkazib berishga qodir.

V-200 modelining koʻplab analoglardan farqi shundaki, u yukni ham tashqi ilgakda, ham kabina ichida tashiydi. Bunday konstruksiya parvozning texnik xususiyatlari yomonlashishining oldini oladi. Qurilma qiyin sharoitlarda va uzoq masofalarda barqaror harakatlanish uchun moʻljallangan.

Ushbu dronning asosiy qoʻllanish sohalari sifatida borish qiyin boʻlgan hududlarga yuk yetkazib berish, toʻgʻridan-toʻgʻri koʻrinish zonasi tashqarisidagi (BVLOS) parvozlar va olis sanoat obʼyektlarini taʼminlash koʻrsatilgan. Texnologiya logistika xarajatlarini kamaytirish va yetkazib berish tezligini oshirishga xizmat qiladi.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Abror Shuhratov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar