Rossiyalik maktab oʻquvchilarining 80 foizi sunʼiy intellektdan foydalanmoqda

Rossiyalik maktab oʻquvchilarining 80 foizi sunʼiy intellektdan foydalanmoqda

Sankt-Peterburg xalqaro iqtisodiy forumi doirasida Rossiya Raqamli rivojlanish vaziri Maksut Shadayev qiziqarli maʼlumotlarni ochiqladi. Unga koʻra, mamlakatdagi maktab oʻquvchilarining qariyb 80 foizi muntazam ravishda sunʼiy intellekt yordamchilaridan foydalanib kelmoqda. Bu haqda Ixbt.com xabar beradi.

Vazirning taʼkidlashicha, ushbu texnologiyani oʻzlashtirishda avlodlar oʻrtasidagi farq yaqqol koʻzga tashlanmoqda. Katta yoshli foydalanuvchilar orasida ChatGPT va boshqa shu kabi sunʼiy intellekt servislaridan foydalanish koʻrsatkichlari yoshlarga qaraganda ancha past ekanligi qayd etildi.

Hukumat vakillari katta avlod vakillari uchun ham zamonaviy raqamli xizmatlarni oʻzlashtirishga sharoit yaratish zarurligini bildirishgan. Shu bilan birga, 1-sentabrdan boshlab maktablarda informatika darslari doirasida "Sunʼiy intellekt" profili boʻyicha oʻqitish yoʻlga qoʻyilishi rejalashtirilgan.

Fevral oyida Rossiya Maʼrifat vazirligi 5-9-sinflar uchun moʻljallangan "Sunʼiy intellektga kirish" darsliklarini federal oʻquv qoʻllanmalari roʻyxatiga kiritgan edi. Yangi dastur bolalarga nafaqat sunʼiy intellektdan foydalanishni, balki uning ishlash prinsiplarini chuqur tushunishni oʻrgatishga qaratilgan.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Abror Shuhratov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar