Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Sherzod Shermatov IT Park’da AQSH Savdo vazirining xalqaro savdo bo‘yicha o‘rinbosari Marisa Lago bilan uchrashdi.
Dastlab, O‘zbekistonda IT Park tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar va kelgusidagi rejalar haqida taqdimot o‘tkazildi.
Shundan so‘ng muzokaralar chog‘ida o‘zaro manfaatli sheriklikni kengaytirish istiqbollari atroflicha muhokama qilindi. AQSH Savdo vazirligi vakili o‘zaro savdo va sarmoyaviy aloqalarni kengaytirish va O‘zbekistonda AKT sohasini rivojlantirishga qaratilgan qo‘shma dastur va tashabbuslarni ilgari surishda yordam berishga tayyorligini bildirdi.
Marisa Lago AQSH savdo vazirligi bundan keyin ham O‘zbekiston bilan yaqin hamkorlik qilishini va mamlakatimizdagi o‘zgarishlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlashda davom etishini ta’kidladi.
Uchrashuv davomida O‘zbekistonda IT eksporti hajmini joriy yilda 100 mln dollarga yetkazish maqsad qilingani aytib o‘tildi. Shu, jumladan, ushbu eksport hajmini oshirishda Amerika BPO kompaniyalarining o‘rni kattaligi aytib o‘tildi. Ushbu yo‘nalishda hamkorlikni yanada kengaytirish, yuqori maoshli ish o‘rinlarini yaratish bo‘yicha masalalar muhokama qilindi.
Shundan so‘ng mehmonlarga IT Park binosi faoliyati va u yerda qad rostlayotgan binolar tanishtirildi. Delagatsiya a’zolari O‘zbekistonda bu kabi o‘zgarishlar va IT sohasiga qaratilayotgan e’tiborni yuksak baholadi.
“Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
Xonanda Ruxshona uylanmagan yigitga turmushga chiqqani haqida so‘zlab berdi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
Xalqaro jinoyat sudining orderi Isroilni nega qo‘rqityapti?