Xitoylik olimlar bitta DVD hajmiga 50 terabayt maʼlumot yozish texnologiyasini yaratdi

QisqachaAI yordamida tayyorlanganKo‘rsatish
- Xitoylik tadqiqotchilar bitta DVD hajmiga 50 terabayt maʼlumot sigʻdira oladigan koʻp oʻlchamli optik yozish texnologiyasini ishlab chiqdilar.
- Ushbu yangi texnologiya bitta uch oʻlchamli nuqtada anʼanaviy ikkita holat oʻrniga 1024 ta holatni qayd etish imkonini beradi, bu esa 10 bit axborotni kodlashni taʼminlaydi.
- Oʻqish ishonchliligi 99,99 foizdan yuqori boʻlgan ushbu ishlanma bir nurlarli arxitekturaga asoslangan boʻlib, optik tizimni sezilarli darajada soddalashtiradi.
Shanday universiteti tadqiqotchilari optik maʼlumotlarni saqlash sohasida muhim yutuqqa erishdilar. Ixbt.com nashrining xabar qilishicha, ular ishlab chiqqan koʻp oʻlchamli optik yozish texnologiyasi bitta uch oʻlchamli nuqtada anʼanaviy ikki holat oʻrniga birdaniga 1024 ta holatni qayd etish imkonini beradi. Bu esa oʻz navbatida bitta nuqta orqali 10 bit axborotni kodlash imkonini taqdim etadi. Bu haqda Ixbt.com xabar beradi.
Maʼlumot uchun, odatiy xotira yasalishida har bir katakcha faqat ikkita — «0» yoki «1» holatini, yaʼni bitta bit axborotni saqlay oladi. Yangi texnologiya esa nuqtaning axborot sigʻimini keskin oshirib, uning 1024 xil gradatsiyani farqlashini taʼminlaydi. Natijada, nuqtalar hajmini kichraytirish yoki qatlamlar sonini koʻpaytirish majburiyatisiz ham saqlash zichligini sezilarli darajada oshirishga erishildi.
Kelajakdagi imkoniyatlar va yuqori ishonchlilik
Mutaxassislarning dastlabki hisob-kitoblariga koʻra, joriy tizim konfiguratsiyasidan foydalanilganda odatdagi DVD disk oʻlchamidagi vositaga taxminan 50 terabayt maʼlumotni sigʻdirish nazariy jihatdan mumkin boʻladi. Bunda oʻqish ishonchliligi 99,99 foizdan yuqori ekani alohida taʼkidlanmoqda.Mazkur ishlanmaning yana bir muhim afzalligi shundaki, u bir nurlarli arxitekturaga asoslangan. Koʻpgina yuqori zichlikdagi optik xotira tizimlari aniq moslashtirish hamda barqarorlashtirishni talab qiladigan ikkita lazer nurlaridan foydalanadi. Xitoylik tadqiqotchilar esa yozish va oʻqish jarayonlarini bitta nur yordamida amalga oshirishga muvaffaq boʻldilar, bu esa optik tizimni sezilarli darajada soddalashtiradi.
Petabaytlardagi istiqbollar
Tadqiqotchilarning fikricha, texnologiyaning hozirgi erishilgan yutuqlardan tashqari salohiyati yanada yuqori. Agar qatlamlar orasidagi masofani 5 mikrometrdan 1 mikrometrgacha qisqartirib, farqlanadigan holatlar sonini oʻn minglab turgacha yetkazilsa, DVD oʻlchamidagi diskning nazariy sigʻimi qariyb 2,5 petabayt maʼlumotni tashkil qilishi mumkin.Mazkur innovatsion ishlanma kelgusida katta hajmli maʼlumotlarni arxirvalash, saqlash va qayta ishlash jarayonlarida yangi imkoniyatlar eshigini ochishi kutilmoqda. Optik disklarning bunday yuqori darajada modernizatsiya qilinishi raqamli maʼlumotlarni uzoq muddatli saqlash bozorida tub burilish yasashi mumkin.






























Izohlar 0
…