date

Hindistonning ilk kosmik texnologiyalar yakkashoxi: Skyroot muvaffaqiyati

Hindistonning ilk kosmik texnologiyalar yakkashoxi: Skyroot muvaffaqiyati

Hindistonning Skyroot Aerospace kompaniyasi 60 million dollar miqdoridagi yangi investitsiyani jalb qilib, mamlakatdagi ilk kosmik texnologiyalar yakkashoxiga (unicorn) aylandi. Bu mablag‘ kompaniyaning Vikram-1 raketasini orbital parvozga tayyorlash jarayonida qo‘lga kiritildi. Startapning bozor qiymati 1,1 milliard dollarga baholanmoqda. Bu haqda Techcrunch.com xabar beradi.

Investitsiya raundi Sherpalo Ventures va GIC boshchiligida o‘tdi, shuningdek, BlackRock bilan bog‘liq jamg‘armalar ham ishtirok etdi. Skyroot ushbu mablag‘larni ishlab chiqarish quvvatini oshirish, Vikram-1 missiyalarini tezlashtirish va 2027-yilda debyut qilishi kutilayotgan og‘irroq yuk ko‘taruvchi Vikram-2 raketasini ishlab chiqishga yo‘naltiradi.

2018-yilda Hindiston kosmik tadqiqotlar tashkiloti (ISRO) sobiq muhandislari tomonidan asos solingan kompaniya kichik sun’iy yo‘ldoshlarni orbitaga chiqarishga ixtisoslashgan. Vikram-1 raketasi 350 kilogrammgacha bo‘lgan yukni past Yer orbitasiga yetkazish imkoniyatiga ega bo‘lib, u Rocket Lab va Firefly Aerospace kabi xalqaro raqobatchilar bilan bir qatorda turadi.

Skyroot 2022-yil noyabrida Vikram-S suborbital raketasini muvaffaqiyatli uchirib, Hindistonda xususiy sektordagi ilk raketa parvozini amalga oshirgan edi. Hozirda kompaniya iyun oyida rejalashtirilgan tarixiy orbital parvozga tayyorgarlik ko‘rmoqda. Talabning uchdan bir qismi Hindistondan, qolgan qismi esa xalqaro mijozlardan kelib tushmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Texno » Hindistonning ilk kosmik texnologiyalar yakkashoxi: Skyroot muvaffaqiyati