Amazon Hindistonda sunʼiy intellekt infratuzilmasi uchun 13 milliard dollar ajratadi

2 daqiqa o'qish127
Amazon Hindistonda sunʼiy intellekt infratuzilmasi uchun 13 milliard dollar ajratadi
QisqachaAI yordamida tayyorlanganKo‘rsatish
  • AQSHning Amazon korporatsiyasi Hindistondagi sunʼiy intellekt va bulutli texnologiyalar ekotizimini kengaytirish uchun qoʼshimcha 13 milliard dollar sarmoya kiritishini eʼlon qildi.
  • Ushbu mablagʼ 2030-yilga qadar mamlakatdagi raqamli infratuzilmani rivojlantirishga yoʼnaltirilishi koʼzda tutilgan.
  • Mazkur qaror Amazon bosh direktori Andy Jassy va Hindiston Bosh vaziri Narendra Modi oʼrtasidagi uchrashuvdan soʼng qabul qilindi.

AQSHning texnologik giganti Amazon korporatsiyasi Hindistondagi sunʼniy intellekt (AI) va bulutli texnologiyalar ekotizimini kengaytirish uchun qoʼshimcha 13 milliard dollar sarmoya kiritishini eʼlon qildi. Ushbu mablagʼ 2030-yilga qadar mamlakatda raqamli infratuzilmani rivojlantirishga yoʼnaltiriladi. Mazkur qaror Amazon bosh direktori Andy Jassy va Hindiston Bosh vaziri Narendra Modi oʼrtasidagi uchrashuvdan soʼng qabul qilindi. Bu haqda Techcrunch.com xabar beradi.

Yangi investitsiya paketi asosan Amazon Web Services (AWS) boʼlinmasining Mumbay va Haydarobod shaharlaridagi maʼlumotlarni qayta ishlash markazlari (data-center) quvvatini oshirishga xizmat qiladi. Bu Amazon kompaniyasining soʼngi uch yil ichidagi uchinchi yirik moliyaviy majburiyatidir. Kompaniyaning Hindistonga kiritishni rejalashtirgan umumiy investitsiyalari miqdori endilikda 48 milliard dollarga yetdi.

Global texnologik poyga va Hindistonning roli

Amazon kompaniyasining ushbu qadami global texnologik gigantlar oʼrtasida Hindistonni sunʼniy intellekt markaziga aylantirish borasidagi raqobat kuchayib borayotganidan dalolat beradi. Avvalroq Microsoft 2029-yilgacha 17,5 milliard dollar, Google esa AI xabi va infratuzilmasi uchun 15 milliard dollar sarflashini maʼlum qilgan edi. Hindiston hukumati ham xorijiy bulutli xizmat koʼrsatuvchi provayderlar uchun soliq imtiyozlarini joriy etish orqali investitsiyalarni faol jalb qilmoqda.

Ekspertlarning fikricha, bunday yirik sarmoyalar nafaqat yangi binolar qurish, balki uzoq muddatli operatsion xarajatlar va yuqori texnologik ish oʼrinlarini yaratishni ham koʼzda tutadi. Hindiston oʼzining ulkan aholisi va jadal rivojlanayotgan raqamli iqtisodiyoti bilan AI mahsulotlarini quvvatlantirish uchun zarur boʼlgan hisoblash infratuzilmasi uchun ideal maydonga aylanmoqda.

Logistika va chakana savdo tarmogʼining kengayishi

Faqatgina bulutli texnologiyalar bilan cheklanib qolmasdan, Amazon oʼzining ichki chakana savdo va logistika tarmogʼini ham kuchaytirmoqda. Kompaniya joriy yilda 20 dan ortiq yirik saralash markazlarini va 100 dan ziyod yetkazib berish punktlarini ochishni rejalashtirmoqda. Shuningdek, Amazon Now tezkor yetkazib berish xizmati mamlakatning 300 dan ortiq shahar va posyolkalarida ish boshlashi kutilmoqda.

Bu borada Amazon mahalliy va xalqaro raqobatchilar bilan jiddiy kurash olib bormoqda. Bozorning tezkor tijorat segmentida quyidagi kompaniyalar asosiy raqiblar hisoblanadi:

  • Blinkit (Eternal egaligidagi xizmat);
  • Swiggyʼning Instamart loyihasi;
  • Zepto startapi;
  • Flipkart (Walmart tarkibiga kiruvchi gigant).
Maʼlumot oʼrnida aytish joizki, Flipkart ham oʼz navbatida 2026-yil yakuniga qadar mamlakat boʼylab 1500 ta kichik logistika markazlarini ochishni maqsad qilgan. Amazon tomonidan kiritilayotgan yangi investitsiyalar kompaniyaga ushbu shiddatli raqobatda oʼz mavqeini mustahkamlash imkonini beradi.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?