date

NASA va Microchip kosmik missiyalar uchun oʻta kuchli protsessor yaratmoqda

NASA va Microchip kosmik missiyalar uchun oʻta kuchli protsessor yaratmoqda

NASA va Microchip Technology tashkilotlari High-Performance Spaceflight Computing (HPSC) deb nomlangan yangi avlod kosmik protsessorini ishlab chiqish loyihasini boshladi. Ushbu texnologiya kelajakdagi sunʼiy yoʻldoshlar, sayyoralararo stansiyalar hamda Oy va Marsga uyushtiriladigan missiyalar uchun asosiy hisoblash platformasiga aylanadi. Loyihaning asosiy maqsadi hozirgi kosmik apparatlarda qoʻllaniladigan tizimlardan 100 barobar yuqori unumdorlikka ega boʻlgan yagona kristalli tizimni yaratishdan iborat. Bu haqda Ixbt.com xabar beradi.

Yangi platforma ikki xil variantda ishlab chiqilmoqda. Birinchisi, radiatsiyaga chidamli boʻlib, uzoq kosmos, Oy dasturlari va Marsga parvozlar uchun moʻljallangan. Ikkinchi modifikatsiya esa past Yer orbitasidagi tijoriy sunʼiy yoʻldoshlar uchun moʻljallangan boʻlib, unda energiya samaradorligi va tannarx ustuvor hisoblanadi. HPSC arxitekturasi hisoblash va tarmoq funksiyalarini bitta chipda birlashtirib, kosmik apparatlar tuzilishini soddalashtiradi.

Modulli arxitektura tufayli qurilmaning ayrim bloklarini energiya tejash maqsadida oʻchirib qoʻyish imkoniyati mavjud. Bu uzoq muddatli avtonom missiyalarda juda muhim ahamiyat kasb etadi. Shuningdek, bir nechta HPSC chiplarini Advanced Ethernet orqali birlashtirib, bortda haqiqiy superkompyuter yaratish mumkin boʻladi. Bu esa apparatlarga Yer bilan doimiy aloqasiz mustaqil qaror qabul qilish va maʼlumotlarni tahlil qilish imkonini beradi.

NASA ushbu texnologiyalar nafaqat kosmosda, balki yer usti sohalarida ham keng qoʻllanilishini kutmoqda. HPSC protsessorlari kelajakda uchuvchisiz boshqariladigan qurilmalar, energetika, telekommunikatsiya, tibbiy uskunalar va sunʼiy intellekt tizimlarida ham oʻz oʻrnini topishi mumkin. Shu tariqa, loyiha kosmik sanoatdan fuqarolik elektronikasiga oʻtadigan ikki tomonlama texnologik platformaga aylanadi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Texno » NASA va Microchip kosmik missiyalar uchun oʻta kuchli protsessor yaratmoqda